Uzoq yashashni istasangiz…

0
189
marta koʻrilgan.

Amerikalik olimlar yaqinda ajoyib tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Unda saxiylik va yaxshilik qilishga moyillik sogʻlik uchun foydali ekani, bu xususiyatlarga ega boʻlgan kishilar boshqalarga nisbatan koʻp yashashi aytilgan.

Tadqiqot besh yil davomida oʻtkazildi. Unda 846 kishi qatnashdi. Ishtirokchilar oʻzlari qilgan yaxshiliklar,  jumladan, doʻstlar, qoʻni-qoʻshnilar yoki qarindoshlarga yordam berish, ulovda xizmat koʻrsatish, bolalariga qarab turish va hokazolar haqida gapirib berishdi. Kuzatuvlar muhtojlarga va qiyin vaziyatda qolganlarga koʻmaklashganlar parvosiz kishilarga qaraganda sogʻlom va tetik boʻlishini koʻrsatdi.

AQSHning Buffalo universiteti xodimi Maykl Pulen soʻzlariga koʻra, ushbu tadqiqot atrofdagilarga yordam berish eng oldin kishining oʻziga foydali ekani, saxovat va mehr asabiylikni yoʻqotib, uzoq umr koʻrishga sabab boʻlishi kabi hayotiy haqiqatlarni ilmiy jihatdan isbotlab berdi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Irfon” taqvimi (2015 yil 1-chorak)da chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.