Unutishga qancha vaqt kerak?

0
267
marta koʻrilgan.

Britaniyalik psixolog va neyrofiziologlar nashr qilgan hisobotda aytilishicha, insonlar oʻrtasida sevgining yuzaga kelishi muhit, yashash joyi, ovqatlanish tartibi, shuningdek, ular qaysi vaqtda birga boʻlishiga bogʻliq ekan.

Tadqiqotchilar fikriga koʻra, adabiy va musiqiy qarashlarning umumiyligi odamlarning munosabatlariga eng kam darajada taʼsir qiladi. Sevgining paydo boʻlishida ikki jinsning qaysi ovqatlarni xush koʻrishi yoki boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazishi kabi mayda belgilar asosiy oʻrin tutadi. 83 foiz nikoh tomonlarning siyosiy qarashlari, oziq-ovqatlarga qiziqishi natijasida yuzaga keladi.

Olimlar ajralishgan er-xotinlar “bir-birini unutishi” uchun qancha vaqt ketishini ham hisoblab chiqishdi. Unga koʻra, ajralishgandan soʻng nisbiy xotirjamlikka erishish uchun kamida ular birga oʻtkazgan vaqtning yarmi kerak boʻlar ekan. Masalan, 6 yil turmush qurgan er-xotin ajrashgandan keyin yangi oila qurishga tayyor boʻlishi uchun kamida uch yil kerak.

Britaniyalik olimlar asosan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari aholisi ustida tadqiqot olib borgani sababli chiqarilgan xulosalar koʻp jihatdan sharq kishilariga unchalik ham toʻgʻri kelavermaydi.

Bizningcha, britaniyalik olimlarning hisob-kitoblari toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini tekshirib koʻrishning hojati yoʻq. Avvalo, uylanishda yo turmushga chiqishda yaxshilab oʻylab koʻrish zarur. Keyin bahamjihat yashab, qoʻsha qarigan maʼqul.

 

Orifjon Madvaliyev

 

2010

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.