Navoiy nomi bilan…

0
1158
marta koʻrilgan.

Navoiy viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda asosan Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududi asosida tashkil etilgan. 1988 yili maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi.

Shuningdek, viloyatda Navoiy nomi bilan atalgan shahar va tuman ham mavjud.

 

Mamlakatimizda 62 ta fuqarolar yigʻini Alisher Navoiy nomi bilan ataladi.

 

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi – 1870 yilda asos solingan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi negizida tashkil qilingan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi boy adabiyot xazinasidir.

 

Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi – madaniy-maʼrifiy muassasa; 1992 yilda Navoiy shaharda tashkil etilgan. Muzeyning arxeologiya, etnografiya, numizmatika, tabiat, tasviriy sanʼat va sanoat boʻlimlari bor.

 

Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri – opera va balet sanʼati sohasidagi Oʻzbekistonning asosiy teatri. 2015 yilda qayta rekonstruksiya qilindi.

 

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi – Toshkentning markaziy qismida joylashgan, Oʻzbekistondagi eng katta madaniyat va istirohat bogʻi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bogʻ obod qilindi va butunlay yangi qiyofaga kirdi.

 

“Yoshlik”, 2016 yil 2-son

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.