Kim koʻp shokolad yeydi?

0
208
marta koʻrilgan.

Bolalardan “Qaysi shirinlikni yaxshi koʻrasan?” deb soʻrasangiz, albatta “Shokolad!” deb javob beradi. Uni hatto hali tili chiqmagan goʻdaklar ham yaxshi biladi, yoshi kattalar ham xush koʻradi. Xoʻsh, suyib isteʼmol qiladigan shirinligimiz haqida nimalarni bilamiz? Agar shokolad toʻgʻrisida kengroq maʼlumot olmoqchi boʻlsangiz, qiziqarli maʼlumotlarni oʻqib chiqing, baʼzi faktlar sizni hayron qoldirishi ham mumkin.

  • Shokolad tana haroratidan sal baland boʻlgan issiqlikda eriydi. Shu sababli ogʻizga solishingiz bilan erib ketadi.
  • Har kuni dunyodagi ayollarning 15 foizi shokolad yeydi.
  • Bu shirinlikni boshqalarga qaraganda Shveysariyada koʻproq yoqtirishadi. Bir kishi yiliga oʻrtacha 10 kg dan shokolad isteʼmol qiladi.
  • Zamonaviy shokoladda 380 dan ortiq modda bor.
  • 30 g sutli shokolad 140 kilokaloriya quvvatga ega.
  • Ushbu qandolatchilik mahsulotiga atab dunyoning bir necha mamlakatlarida muzeylar ochilgan.
  • Rossiyaning Pokrov shahrida shokoladga haykal oʻrnatilgan.
  • Kakao daraxtining mevasi kichkina qovunga oʻxshaydi, uning ichida yigirmatadan qirqtagacha urugʻ boʻladi. Bir kilogramm shokolad tayyorlash uchun ana shunday urugʻlardan 900 tasi kerak.
  • Butun dunyo boʻyicha odamlar har yili shokolad uchun 7 milliard AQSH dollari sarflaydi.
  • Bu shirinlik kech kuzda koʻproq isteʼmol qilinadi.
  • Yil boʻyi isteʼmol qilinadigan shokolad Yer yuzidagi har bir kishiga oʻrtacha 5,5 kg dan toʻgʻri keladi.
  • 11 iyul Butundunyo shokolad kuni (“World Chocolate Day”) hisoblanadi. Bu sanaga 1995 yili fransuzlar asos solgan.

 

Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.