Kim biladi-yo shuginani-yo?

0
188
marta koʻrilgan.

Bilagʻonlar uchun mantiqiy jumboqlar

 

Mantiqiy masala va jumboqlarni yechish aqlingizni charxlaydi, fikrlash qobiliyatingizni rivojlantiradi, eʼtiborli boʻlishga oʻrgatadi. Koʻpincha bunday masalalarda ahamiyatsiz koʻringan biror detal yoki maʼlumot kalit vazifasini oʻtaydi. Baʼzida esa jiddiy bosh qotirish, yaxshilab oʻylab koʻrish talab etiladi. Agar topagʻonman desangiz, oʻylashdan erinmasangiz, jumboqlarga javob izlab koʻring.

 

Uchta qurbaqa

Hovuz chetida uchta qurbaqa oʻtirar edi. Ulardan biri suvga sakrashga qaror qildi. Xoʻsh, qirgʻoqda nechta qurbaqa qoldi.

 

Nechta bola oʻqiydi?

Anvar maktabda eng chopagʻon bolalar oʻrtasida 50-oʻrinni egallaydi. Eng sekin yuguradiganlar orasida ham 50-oʻrinda. Barcha bolalar turli tezlikda yuguradi. Xoʻsh, Anvar oʻqiydigan maktabda nechta oʻquvchi bor?

 

U necha yoshda?

Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb soʻrashdi. “Shanba va yakshanbani hisobga olmasa, 30 yoshdaman”, deb javob berdi u. Ayting-chi, u odam aslida necha yoshda?

 

Xoʻrozsoat

Madina maktabga vaqtida yetib borishi uchun ertalab 6 da turishi kerak. Shuning uchun xoʻrozsoatini 6:00 ga sozlab qoʻygan. Xoʻrozsoat har uch kunda 9 daqiqaga orqada qoladi. Agar u yakshanba kuni kechqurun 10 da soatini toʻgʻrilab qoʻysa, seshanba kuni ertalab xoʻrozsoat qaysi vaqtda qichqiradi?

 

Qogʻoz oʻrami

Qogʻoz oʻramida 100 dona varaq bor. 10 ta varaqni 10 soniyada sanash mumkin. 80 varaqni tez sanash uchun qancha vaqt kerak boʻladi?

 

Tugʻilgan kun

Enrest 28 dekabrda tugʻilgan. Lekin tugʻilgan kunini yozda nishonlaydi. Nega?

 

Hafta kunlari

Bugun yakshanba emas, ertaga esa chorshanba emas. Kecha juma emasdi, kechadan burun dushanba emasdi. Ertaga yakshanba emas, kecha ham yakshanba emasdi. Ertadan keyin shanba ham emas, yakshanba ham. Kecha dushanba emasdi, chorshanba ham emasdi. Kechadan oldin chorshanba emasdi, ertaga seshanba emas. Bugun ham chorshanba emas.

Yuqoridagi daʼvolardan biri yolgʻon. Ayting-chi, bugun qaysi kun?

 

Sakraydigan otlar

Qayerda ot bir-birining ustidan sakrab oʻtadi?

 

Gʻalati tenglik

Qaysi holatda 23+2 = 1 tenglamasi toʻgʻri boʻladi?

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Gulxan” jurnalining 2016 yil 10-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.