Eng nodir kitoblar saqlanadigan yirik kutubxonalar

0
1204
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda “Congress” kutubxonasi dunyodagi eng yirik va goʻzal kutubxonalardan biridir. 1800 yil 740 ta kitob bilan tashkil etilgan ushbu maʼnaviyat maskanining bugungi kitob fondi 155 milliondan ortadi. Ular 470 tilga tarjima qilingan. Taʼkidlash joiz, ushbu kutubxonada dunyodagi eng mashhur va eng qimmat kitoblar saqlanadi. Bundan tashqari ushbu dargohda qoʻlyozmalar, audio yozuvlar va filmlar nusxalari ham bor. Kutubxonada 18 ta oʻquv zali mavjud. Kun davomida bir yarim ming oʻquvchi tashrif buyuradi. Yil davomida kutubxona xizmatidan 1 million 700 mingdan ortiq inson foydalanadi. Bu maskanda ishlovchilar soni esa 3 ming 600 nafarni tashkil etadi.

Dunyoning yirik kutubxonalaridan yana biri Rossiya Milliy kutubxonasidir. Sant-Peterburg shahrida joylashgan mazkur kutubxona Yevropada paydo boʻla boshlagan ilk kutubxonalardan sanaladi. Kitoblar orasida koʻplab xorijiy tillarda nashr etilgan asarlarni uchratish mumkin. Ushbu maskanda oʻttiz uch milliondan ortiq kitob mavjud. Bu yerga yil davomida kamida bir yarim million odam tashrif buyuradi.

 

X. HUSENOVA

 

soglom.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.