Dunyoda hikmat koʻp

0
259
marta koʻrilgan.

Yaxshi nom yarim muvaffaqiyat degani. Biz kunda yoki kun ora eshitib turadigan mashhur kompaniyalarning nomi qanday paydo boʻlganini bilasizmi? Mazkur firmalarning shuhrat qozonishiga balki ularning “ismi-sharifi” ham ancha-muncha hissa qoʻshgandir. Har holda bilib qoʻygan yaxshi.

 

Adobe – kompaniya asoschisi Jon Vornok (John Warnock)ning uyi atrofidan oqib oʻtgan daryo Adobe Creek sharafiga qoʻyilgan.

Adidas – firma asoschisi Adi Dasler nomidan olingan.

Corel – kompaniya asoschisi Mayk Kouplend (Dr. Michael Cowpland) sharafiga. Kengaytmasi – COwpland REsearch Labaratory – Kouplendning tadqiqot laboratoriyasi.

Daewoo – kompaniya asoschisi Kim Vu Chong firmasiga kamtargina qilib “Buyuk koinot” deb nom bergan.

Fuji – Yaponiyadagi eng baland togʻ Fudzi nomidan.

Google – 100 ta nol bilan ifodalanadigan birlik – Googol soʻzidan olingan. Mazkur dastur gʻoyasi mualliflari birinchi investordan Google soʻzi yozilgan chek olishgan. Keyin yaratilajak qidiruv sistemasiga shu nom berilgan.

HP (Hewlett-Packard) – asoschilar Bill Xyulett (Bill Hewlett) va Deyv Pakkard (Dave Packard) kompaniya nomida kimning ismi birinchi qoʻyilishi uchun tanga bilan qurʼa tashlagan. Sezganingizday Bill gʻolib boʻlgan.

Hyundai – koreychada “hozirgi”, “ayni vaqtdagi” degan maʼnoni anglatadi.

Kodak – “K” kompaniya asoschisi Jorj Istmenning sevimli harfi boʻlgan. U mana shu “yoqimtoy” harf bilan boshlanib, shu harf bilan tugallanadigan soʻz qidiradi. Bundan tashqari K dunyoning deyarli barcha alfavitlarida bir xil shaklda yoziladi. Oxir-oqibat Kodak soʻzi tanlangan. Nom beriuvchilarning fikricha, fotokamera suratga olganda aynan shunday tovush chiqararmish.

Mitsubishi – kompaniya asoschisi Yataro Ivasaki 1870 yilda oʻylab topgan, yapon tilida “Uch brilliant” degan maʼnoni anglatadi.

Nissan – dastlab Nichon Sangio – “Yapon sanoati” nomi bilan mashhur boʻlgan.

Nokia – Finlandiyaning Nokia shahridagi yogʻochni qayta ishlash zavodi koʻp yillik taraqqiyot va oʻzgarish natijasida rezina idishlar va turli texnik buyumlar ishlab chiqara boshladi. Zavodga shahar nomi berildi.

Siemens – mazkur kompaniyaga Verner fon Simens (Werner von Siemens) tomonidan asos solingan.

Xerox – ixtirochi Chastor Karlson oʻz uskunasi nomida “quruq” degan maʼnoni anglatmoqchi boʻlgan. Chunki oʻsha davrdagi nusxalash dastgohlari nam bilan ishlardi. “Xer” – yunonchada quruq degan maʼnoni anglatadi.

Yahoo – mazkur soʻzni ilk bor Jonatan Sfift “Gulliverning sayohatlari” kitobida ishlatgan. Yoqimsiz odamlarni shunday atashgan. “Yahoo”ning asoschilari Jeri Yang va Devid Filo aynan shu nomni tanlaganlar. Chunki ular oʻzlariga shunday nom berganlar. Lekin hozir kompaniya ismi boshqacha talqin qilinadi. U Yet Another Hierarchical Officious Oracle soʻzining qisqartmasidan olingan deb hisoblanadi.

 

Orifjon Madvaliyev

 

2009

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.