Biz bilgan-bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

0
801
marta koʻrilgan.
  • Odam miyasi bir kunda butun dunyodagi telefon goʻshaklari bir vaqtda koʻtarilgandagidan ham koʻproq elektr impulslar ishlab chiqaradi.
  • Bosh-oyoqli molyuskalarga mansub kalmarning uzunligi 18 metrga yetadi, koʻzi esa futbol toʻpiday keladi. Kalmar Yer yuzidagi tirik jonivorlar ichida eng katta koʻzga ega, koʻzining hajmi oʻrtacha 15 dyumni tashkil etadi.
  • Har kuni yerga oʻn tonnacha samoviy choʻgʻ kelib tushadi.
  • Koka-kola dastlab yashil rangda boʻlgan.
  • Sigirni zinadan yuqoriga olib chiqish mumkin, pastga olib tushish esa mushkul.
  • Oddiy amerikalik oʻrtacha umri davomida olti oycha vaqtni yashil chiroq yonishini kutib chorrahada oʻtkazadi.
  • Kulrang kit har yili Arktikadan Meksikagacha 12500 mil bosib keladi va yana ortiga qaytib ketadi.
  • Erkaklar ayollardan koʻra yaxshiroq koʻradi, juda mayda harflarni ham oʻqishi mumkin. Ayollar esa ularga nisbatan yaxshiroq eshitadi.
  • Maʼlumotlarda qayd etilgan eng katta doʻl AQSHning Kanzas shtatidagi Koffeyvill qishlogʻiga yoqqan. Bir dona doʻl boʻlagining ogʻirligi deyarli 700 gramm chiqqan.
  • Delfinlar bir koʻzi ochiq holatda uxlaydi.
  • Itlarning hid bilish qobiliyati odamlarnikidan 1000 barobar kuchliroq.

 

Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.

 

2010

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.