Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

0
1207
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizda joylashgan ushbu maskan ham oʻzining chiroyi va kitoblar fondi bilan jahon kutubxonalaridan kam emas.

 Ushbu dargoh 1870 yil may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan. 1870 yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq adabiyotlar yigʻilib, kutubxona fondining asosi yaratilgan.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga jahon andozalari darajasida xizmat koʻrsatish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, 800 oʻrinli 13 ta oʻquv zaliga axborot-kutubxona faoliyatini yuqori darajada olib borishga moʻljallangan zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar oʻrnatilgan boʻlib, Wi-Fi tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

1948 yili kutubxonaga buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy nomi berildi. Oʻsha paytda nodir va qadimiy nashrlar boʻlimi tashkil etilib, unda 2 mingdan ortiq kitob, jumladan, 250 ta avtografli, 151 ta ekslibrisli kitoblar jamlangan edi. Ayni paytda bu fond 16 mingdan ortiq hisoblanadi.

 2002 yil 12 aprelidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi “Milliy” maqomini oldi.

Kutubxona tarixidagi keyingi bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining tashabbusi bilan 2011 yili poytaxtimizda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob namunasi – “Maʼrifat markazi”ning bunyod etilib, undan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining joy olishi buyuk mutafakkir bobomizga bugungi avlodlarning yuksak ehtiromi namunasi boʻldi.

 

X. HUSENOVA

 

soglom.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.