Yaxshi gaplarni koʻpchilik gapirishi mumkin…

0
376
marta koʻrilgan.

Rabindranath Thakur hikmatlaridan

 

  • Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
  • Baxt oʻzini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
  • Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
  • Vijdonimizning ovozini eshitmaslik uchun shovqinli olomon ichiga oʻzimizni uramiz.
  • Iztirob hayotdagi barcha qadrli narsalar: kuch-quvvat, aql-farosat, muhabbat uchun toʻlovdir.
  • Kuchini koʻrsataveradigan odam kuchsizligini isbotlaydi, xolos.
  • Qurigan daryoga oʻtmishi sabab rahmat aytmaydilar.
  • Maqtov meni pastga uradi, chunki uni ichimda oʻzim soʻrab turaman.
  • Mast oʻzini qanchalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Chunki uning bu baxti boshqalar uchun koʻrgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.
  • Muhabbatning haqiqiy goʻzalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.
  • Odam hayvonga aylanganda hayvondan yomondir.
  • Pessimizm qalb alkogolizmining bir koʻrinishidir.
  • Rohat-farogʻatlarga koʻmilib, lazzat hissidan mosuvo boʻlamiz.
  • Ruhingni tushirma, niyatingdan qaytma. Doʻstim, sening yoʻling bitta: oʻzingni takomillashtir va begonaga xizmat qilma. Muhokamalaru toʻsiqlardan choʻchima.
  • Hamma haqiqatni aytishga chogʻlanmagan paytingda samimiy boʻlish oson.
  • Hatto qaroqchilar toʻdasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etishlari kerak; ular butun dunyoni talashlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.
  • Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
  • Shunchaki qarab yoki turib dengizni kesib oʻta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
  • Er-xotinlik – sanʼat va uni har kuni yangilab turish kerak.
  • Yulduzlar oʻzlarini tillaqoʻngʻiz deb oʻylashlaridan qoʻrqmaydi.
  • Yaxshi gaplarni koʻpchilik gapirishi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi u aqlning kuchini talab etadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik”, 2017–5

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.