Ulugʻ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi

0
234
marta koʻrilgan.

Abu Rayhon Beruniy hikmatlaridan

 

  • Odamgarchiligi bor mard kishi oʻzidan va oʻziniki ekanligiga hech kim tortishib oʻtirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.
  • Neʼmatning qadri u yoʻqolgandagina bilinadi.
  • Odamlarning tuban darajalisi ham oʻzidan tubanroq boʻlgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas.
  • Har bir yangi narsada lazzat bor.
  • Bugunning chorasini koʻrib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
  • Asalarilar ham oʻz jinsidan boʻlaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini oʻldirib tashlaydilar.
  • Minnat qilish berilgan ehsonni yoʻqqa chiqaradi.
  • Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi.
  • Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.
  • Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gʻam-gʻussa boʻlmaydi.
  • Ulugʻ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.
  • Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʻrtaga kirib olishi bilan ish toʻgʻri boʻlmaydi.
  • Oʻz istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi.
  • Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon koʻrgan kishilarini taʼna qilishadi.
  • Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.
  • Yolgʻonchilikdan chetlanib, rostgoʻylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolgʻonchining oʻzi ham sevib maqtaydi.
  • Koʻz bilan koʻrgan eshitgandan afzalroqdir.
  • Tillarning turlicha boʻlishiga sabab – odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tugʻilishidir.
  • Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan oʻzini qoʻriqlash bor.
  • Hasad bilan gʻazab ikki qanot boʻlib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.
  • Haddan ortiq gʻazab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obroʻni ketkazadi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.