Muhabbat baxt berishi kerak

0
394
marta koʻrilgan.

Gyustav FLOBER hikmatlaridan

 

  • Yozuvchining butun isteʼdodi oxir-oqibat soʻz tanlashi bilan oʻlchanadi.
  • Dramatik sanʼat musiqaga oʻtgan geometriyadir.
  • Ayollar erkaklarni buyuk ishlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oshirgani vaqt qoldirmaydilar.
  • Kitob – tirik jon. Begona qoʻl bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday oʻzgarish uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxshilanar, lekin baribir ilgarigi kitob boʻlmaydi!
  • Agar reja juda uzoq vaqt va sinchiklab tuziladigan boʻlsa, u oxir-oqibat yoʻq boʻladi.
  • Agar isteʼdodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan chopmaysan.
  • Umidsizlanganingda hamisha umid qilishing, umidlanganingda esa shubhalanishing kerak.
  • Statistika – noaniq fanlarning eng anigʻidir.
  • Anglash ishtiyoqti – yorugʻ qalblar uchun buyuk quvonchlar manbaidir.
  • Vijdonni toza saqlash uchun uni boshqalarning vijdonidan baland tutish kerak.
  • Xotirjam boʻlish – hazilakam gap emas, bu deyarli baxtli boʻlish demakdir.
  • Afsuslanish yaxshi, lekin yomonlik qilmaslik undan-da yaxshi.
  • Omadsizlikka uchragan yeringda bir ahmoqning muvaffaqiyat qozonayotganini koʻrishdan koʻra ogʻirroq kamsitish yoʻq.
  • Hamma narsa eskiradi, hatto dard ham.
  • Yolgʻizlikni xotiralar bilan toʻldirib boʻlmaydi, ular tanholikni chuqurlashtiradi, xolos.
  • Muhabbat baxt berishi kerak. Baxt yoʻqmi, demak, adashibsan.
  • Yaxshi yozilgan asar hech qachon zeriktirmaydi. Uslub – hayotning oʻzi, u fikrlarning yugurik qonidir.
  • Mavzu tanlanmaydi. Shoh asarning siri shunda: mavzu – yozuvchining mijozi ifodasidir.
  • Bahslashish tushunishdan koʻra osonroq.
  • Yozuvchi salohiyatining bosh belgisi – nimani yozmaslikni bilishidir.
  • Umidsizlik – kuchsizlik belgisi. Hafsalasizlarga ishonmang – ularning aksariyati zaif boʻladi.
  • Yomon tushunadigan narsalarini koʻpincha umuman tushunmaydigan soʻzlari bilan tushuntirmoqchi boʻladilar.
  • Noodatiy iztiroblar buyuk asarlarga asos boʻladi.
  • Isteʼdodga ega boʻlish uchun unga egaligingga ishonishing kerak.
  • Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi.

 

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik”, 2017–12

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.