Frensis Skott Fitsjerald suygan kitoblar

0
249
marta koʻrilgan.

Frensis Skott Fitsjerald (1896-1940) Amerika adabiyotining mumtoz vakillaridan biridir. “Buyuk Getsbi”, “Mayin tun”, “Jannatning narigi tomonida” romanlari bor.

Uning eng mashhur asari “Buyuk Getsbi” yozuvchi hayotlik paytida u qadar dovruq qozonmaydi. Bor-yoʻgʻi 24 000 adadda sotiladi, xolos. Roman elliginchi yillarga kelibgina ommalashadi. Ushbu asar soʻnggi oʻn yillikda juda koʻp ingliztilli mamlakatlarda oʻrta maktablar va oliy oʻquv yurtlarida oʻqilishi shart boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritilgan.

Yozuvchi Shimoliy Karolinadagi mehmonxonalardan birida yashayotganda hamshira Doroti Richardson bilan doʻstlashib qoladi. Adabiyotgan qiziqadigan kishi oʻqishi shart deb hisoblagan kitoblari roʻyxatini tuzib, hamshiraga beradi. Quyida ana shu asarlarning ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin.

 

  1. Teodor Drayzer, “Kerri opa” romani.
  2. Henrik Ibsen, “Qoʻgʻirchoq uyi” pyesasi.
  3. Shervud Anderson, “Uaynsburg, Ohayo” hikoyalar toʻplami.
  4. Arnold Bennet, “Kampirlar qissasi” romani.
  5. Deshil Hemmet, “Malta lochini” romani.
  6. Stendal, “Qizil va qora”.
  7. Gi de Mopassan hikoyalari.
  8. Gardner Myorfi tahririda nashr etilgan psixopatologiya haqidagi ocherklar.
  9. Anton Chexov hikoyalari.
  10. Aleksand Jessap tahririda nashr etilgan “Amerikaning eng yaxshi yumoristik hikoyalari” toʻplami.
  11. Jozef Konrad, “Gʻalaba” romani.
  12. Oskar Uayld pyesalari.
  13. Uilyam Folkner, “Ibodatxona” romani.
  14. Marsel Prust, “Gul-gul yashnagan qizlar soyasida” romani.
  15. Marsel Prust, “Germantlar tomonda” romani.
  16. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik”.
  17. Jon Kits sheʼrlari.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

 

“Yoshlik”, 2017–5

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.