Bosh sahifa Mavzular Oʻzbek adiblari

Oʻzbek adiblari

Abdulla Alaviy (1908–1931)

Choʻlponning hammaslak shogirdlaridan biri Abdulla Alaviy – Abdullaxon Hakimxon oʻgʻli 1908 yilda Toshkent viloyati Pskent tumani Moʻminobod mahallasida ziyoli oilasida tavallud topgan. Onasi Habibaxon...

Quddus Muhammadiy (1907–1997)

XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida,...

Yoʻldosh Shamsharov (1907–1987)

Mohir jurnalist va yozuvchi Yoʻldosh Shamsharov 1907 yilda Namangan viloyati Chust tumaniga qarashli Olmos qishlogʻida tavallud topgan. Avval eski maktabda, soʻngra yangi maktabda hamda...

Mirkarim Osim (1907–1984)

Tarixiy mavzudagi asarlari bilan mashhur boʻlgan Mirkarim Osim 1907 yili Toshkentda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1917–1920 yillarda “Shams ul-urfon” nomli boshlangʻich maktabda oʻqigan. 1921–1924...

Abdulla Qahhor (1907–1968)

Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga...

Oydin (1906–1958)

Oʻzbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan adiba Oydin (Manzura Sobirova) 1906 yili Toshkentda, hunarmand oilasida tugʻilgan. Oydin 1919 yili Toshkent xotin-qizlar bilim yurtiga oʻqishga kiradi....

Nazir Safarov (1905–1985)

Oʻzbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida, temirchi oilasida tugʻildi. U yangi maktablarda oʻqidi, birinchi ziyolilar qatori...

Sobir Abdulla (1905–1972)

Oʻzbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg Sobir Abdulla 1905 yili Qoʻqon shahrida, xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va yangi maktablarda bilim olgan Sobir Abdulla 1924–1926...

Uygʻun (1905–1990)

Rahmatulla Otaqoʻzi oʻgʻli Uygʻun 1905 yili hozirgi Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyatining Marki qishlogʻida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlogʻidagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida...

Oybek (1905–1968)

XX asr oʻzbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905...

Chustiy (1904–1983)

Chustiy yangi davrda mumtoz adabiyotimiz anʼanalarini davom ettirgan shoirlar sirasiga kiradi. Shunga koʻra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi gʻazalnavis va qoʻshiqchi shoirlar qatoridan...

Botu (1904–1938)

Botu isteʼdodli shoir va jamoat arbobi edi. U oʻzining tarjimai holida: “Men Botu – Mahmud Maqsudovich Hodiyev 1904 yilda Toshkentning Qaldirgʻoch mahallasida, mahsidoʻz –...
Gʻafur Gʻulom

Gʻafur Gʻulom (1903–1966)

Oʻzbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Gʻafur Gʻulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tavallud topdi. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan...

Gʻayratiy (1902–1976)

Oʻzbek adabiyoti ravnaqiga oʻz ulushini qoʻshgan adiblardan biri Gʻayratiy – Abdurahim Abdulla oʻgʻlidir. U 1902 yilda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Otasi...

Charxiy (1900–1979)

Mumtoz adabiyotimizning hayotbaxsh anʼanalarini yangi tarixiy davrda davom ettirgan shoir Asqarali Hamroali oʻgʻli Charxiy Qoʻqonda 1900 yilda tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni eski maktabda olgan...

Shokir Sulaymon (1900–1942)

XX asrning 20-30 yillarida Oʻzbekistondagi ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatda faol qatnashgan siymolardan biri Shokir Sulaymondir. U sheʼriyat yoki nasr bilan shugʻullanmasin, publitsist yoki...

Rafiq Moʻmin (1900–1951)

Rafiq Moʻmin 1900 yilning 7 fevralida Namanganda faqir va serfarzand oilada tavallud topgan. Uning otasi Mulla Moʻmin kosibchilik qilib nochor hayot kechirsa ham, ammo...

Elbek (1898–1942)

Mudhish qatagʻon davri qurboniga aylangan oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Elbek (Mashriq Yusupov)dir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Xumson qishlogʻida tavallud...

Choʻlpon (1898–1938)

Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon 1898 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. Taniqli jurnalist va yozuvchi Moʻminjon Muhammadjonov “Turmush...

Abdulla Qodiriy (1894–1938)

XX asr oʻzbek milliy adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, buyuk romannavis Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahridagi Eshonguzar mahallasida tugʻilgan. Tarjimai holidagi quyidagi soʻzlar...

SAVIYA.UZ

@oriftolib sahifasiga obuna boʻling.

Ulanish
Yopish

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: