Bolalar uchun
Topishmoq va tez aytishlar
0
TOPISHMOQLAR
***
Quyoshda tovlanadi,
Shirasi til yoradi.
Hidi tutar falakni,
Biz yesak...
***
U boʻladi yongʻoqli,
Murabbo va qaymoqli.
Shokoladli, pushti oq,
Muzdekkina...
***
Toʻni yashil, ichi qizil,
Qoʻlga olsang zilu zambil.
Pishar vaqti yozu kuz,
Uning nomidir...
***
Oʻrtogʻim ruchka,...
Koʻzmunchogʻim
Bolajonlar sizga atab
Sheʼrlar yozdim bir talay.
Magʻzin chaqib oʻqisangiz
Sizlar bilan doʻst boʻlay.
Yaxshi koʻrib yod olsangiz
Boshim koʻkka yetadi.
Misralarim ezguliklar
Diyoriga eltadi.
SHEʼR YODLASHNI BILAMAN
Sheʼr yodlashni bilaman,
Tez yodlashni bilaman.
Soʻzlarni...
Dalalardan – bolalarga
Bugʻdoy
Oltin tojli
Sultonman.
Somsa, patir,
Shirmonman.
Azizdirman
Odamga.
Arzandaman
Olamga.
Yel kuylasa,
Oʻynayman.
Xirmon sari
Boʻylayman...
Oy chiqqanda
Qoʻnoqqa,
Oʻxshar
Kumush oʻroqqa.
Paxta
Oppoqqina
Oshnangman,
Toʻlpoqqina
Oshnangman.
Egningdagi
Shu nimchang,
Oq koʻylaging,
Koʻk shimchang,
Kissangdagi
Dastroʻmol –
Bari menman,
Bilib ol.
Paypoqlaring ham
Oʻzim...
Aytsam,
Tugamas soʻzim.
Sabzi
Yupqagina
Poʻstim bor.
Dalada
Koʻp doʻstim bor.
Maqolda ham
Yoziqman,
Oʻsha
„Oltin qoziq“man.
Yotsam
Yerga qapishib,
Dumginamdan
Tortishib,
Tashladilar
Oʻraga...
Salom
Palovtoʻraga!
Tarvuz
Oʻgʻitlarga
Toʻydim men.
Rosa qorin
Qoʻydim men.
Endi
Suvdan...
Sheʼrni qanday tez yodlash mumkin?
Adabiyot fanidan tez-tez sheʼr yodlash vazifasi beriladi. Xoʻsh, sheʼrlarni oson yodlaysizmi? Sheʼrni eslab qolish va ifodali qilib aytib berish hamma uchun ham oson emas....
Odil Burgutshoh va “Zamburugʻ” laqabli josus haqida ertak
I
Bor edi bir odil Burgutshoh,
Tobe edi unga qir-u togʻ,
Yaylov, dala,
Qumli barxanlar,
Tosh qalʼalar,
Shinam qoʻrgʻonlar.
Qarchigʻayshoh bor edi yana,
Oʻrmon edi unga boshpana.
Dalalari notekis, yaydoq,
Yarmi botqoq,
Yarmi qatqaloq.
Boʻlib yaxshi...
Yoʻlni burdim togʻ tomon
Icciqxona
Tashqarida qor, ayoz
Ich-ichidan gʻuvlaydi.
Ichkarida xuddi yoz
Pomidorlar gullaydi.
Tashqarida bolalar
Otar shodon yaxmalak.
Bu yerda tugib yotar
Bodringlar otib palak.
Tashqarida oqqan suv
Kechga borib muzlaydi.
Ichkarida kapalak
Gul aro vizillaydi.
Tashqarida qahraton
Qish hukmini...
Sakkizinchi mart bayrami
Shunaqa odat bor – menga oʻxshagan oʻgʻil bolalar Sakkizinchi mart kuni oʻzicha totli-tatimli gaplarni toʻqib yozib, oyisi yoki buvisini, opasi yoki singlisini, oʻqituvchisi yoki...
Yaxshilikning yaxshilikdan farqi
Yulduzxonning oyisi tomorqada pishgan olmalarning eng chiroylilarini xaltachaga tanlab solib: “Bularni buvingga olib borsang, rosa duo qilardi-da”, deb qoldi. “Xoʻp boʻladi, oyijon, olib boraman”,...
Oʻgʻirlangan pahlavon haqida ertak
* * *
Boʻlgan ekan bir oʻlka,
Bizning yurtdek chiroyli.
Keksalari donishmand,
Yigitlari yurakli.
Qiz-juvoni chevaru,
Kampirlari gilamchi.
Mamlakatda yoʻq ekan
Bironta ham tilamchi.
Ahil ekan, doʻst ekan
Atlaschi-yu doʻkondor,
Sarkarda-yu etikdoʻz,
Boʻzchi, hofiz va meʼmor.
Chopqir...
Qanday goʻzal shirin soʻz
Zamonaviy ertak
Bobom boshladi,
Chiqazolmadi.
Buvim ishladi,
Chiqazolmadi.
Dadam kirishdi,
Chiqazolmadi.
Ayam tirishdi,
Chiqazolmadi.
Opam koʻchirdi,
Akam oʻchirdi,
Chiqazolmadik,
Chiqazolmadik.
Eh, masala ogʻir,
Urindik qancha,
Kompyuterda oxir
Yechdi “sichqoncha”.
Guldondan chiqqan aql
– Voy, uy buncha
Top-toza?
Supurdingmi
Gulnoza?
Kimdan chiqdi
Bu aql?
Jilmayib deydi,
Oqil:
– Tushib ketib
Javondan,
Aql chiqdi
Guldondan.
Qorboboning...
Suhbat qurmoq istasang
Tong
Tong otmoqda, oppoq tong,
maysa shudringga qondi.
Koʻzlarini ishqalab,
ana, quyosh uygʻondi.
Mayin jilmayganicha
koʻkka tomon yoʻl oldi.
Ufqda-chi, qip-qizil
faqat toʻshagi qoldi.
Shamol
Maza, maza, kimga maza,
shamolga maza?
Dala, qirda armon bilmay,
oʻynaydi rosa.
Bulutlardan...
Oppoq tongning nafasi
DASHT
Dashtda sabza barq urdi,
Qaldirgʻochlar charx urdi.
Soy suvlari shovullar,
Qizgʻaldoqlar lovullar.
Oppoq tongning nafasi,
Toʻrgʻayning nozli sasi,
Oh, naqadar gashtlidir,
Men qoʻmsagan dasht shudir.
SOVGʻA
Bir, ikki, uch moma,
Bizga topil, chuchmoma.
Chaqmoqning nayzasini,
Adirning...
Munavvar etdi kitob
Xayr, bogʻcha
Oq yuvib-tarab bizni,
Qoldirmay koʻnglimizni,
Erkalatib asrading,
Quchib har birimizni.
Ha, oʻsdi boʻyimiz ham,
Aqlimiz, oʻyimiz ham,
Oʻqib, bilim olishning
Vaqti yetdi chinakam.
Oʻstirding, berib tuz-non,
Misli ona – mehribon,
Bir umr minnatdormiz
Sendan...
Odob – yaxshi bola ishi
Odob – ona
Koʻpni koʻrgan keksalar:
Oftob – ona deydilar.
Oftob soʻzi shunchaki
Bir bahona deydilar.
Necha yillar shu oftob
Yoritgan keng olamni.
Qaydan, qanday kuch bilan,
Aqli yetmas odamning.
Bu toʻgʻri gap,...
Keksa yamoqchi
Uni hamma Usta buva deydi. Haqiqiy oti Hikmatulloligini yaqinda dadamdan eshitib bildim. Uning yogʻochdan qurilgan oynavand ustaxonasi toʻrtkoʻcha guzaridagi ariqning yoqasiga joylashgan. Uch mahallaning...
Berkinib olgan sirgʻacha
Barchinoy tomorqada oʻynab yurib, chap qulogʻidagi sirgʻachasini yoʻqotib qoʻydi. Dadasi yaqindagina olib beruvdi. Juda chiroyli edi, yam-yashil bargga oʻxshab yasalgan edi. Balki, anavi ariqchaning...
Qadrdon yigʻilar
Men, derazasini lang ochib qoʻyib, nonushta qilishni yoqtiradigan boloxonaning shundoqqina tagidan torgina yoʻl oʻtgan. Yoʻlning narigi beti – bolalar bogʻchasi. Bogʻchaga qatnaydigan tirmizaklar menga...
Uch ogʻa-ini
Uch ogʻa-ini bor ekan. Biri biridan shoʻx, biri biridan oʻyinqaroq bolalar ekan. Chetdan qaraganda, ularning yurish-turishi bir xildek koʻrinsa-da, kenjasi sal pismiqligi bilan ajralibroq...
Boymamat Beshinchi
Boymamat oʻtgan yili bizdan bir sinf yuqorida oʻqirdi. Mana endi men bilan bitta partada oʻtiribdi. Matematikani yaxshi oʻzlashtirolmay, shu ahvolga tushibdi shoʻrlik. Beshinchi sinfda...