Bosh sahifa Kalit soʻzlar Vafo Fayzulloh

Kalit soʻz: Vafo Fayzulloh

“Navoiy oldiga qanday boraman…”

(2018 yil sheʼriyati talqini)   Soʻzimni yosh shoir Jontemirning bir sheʼri bilan boshlamoqchiman: Soʻz izlayman bardoshdan ulkan, Soʻz izlayman tasavvurdan keng. Tegmaydigan biror koʻngilga, Eng ogʻriqli, eng pokiza, eng… Goʻdak kulgusidek...

“Tong yoqasi”da yoxud mangu yosh shoir rivoyati…

 (Yigirma yoshlik shoir kitobiga yigirma yildan keyin nimadir demoq)   Emishki, Tangri Odamning musibat yomgʻiru qorlaridan toʻkilaverganini koʻrib, uning zuvalasida oʻzi qoʻshib yaratgan ujmohdagi jununvash yorugʻlikni...

Azaliy hikmatni izlab…

Qoʻngʻiroq boʻldi. – Erkin aka boryaptilar... “Erkin aka, qaysi Erkin aka? Erkin Malikmi, Erkin Aʼzam, Erkin Usmon, Erkin Abdurahmondir?” – Vohidov! – “Sharq”qa, – shiddatli aniqlik kiritiladi. Birdan ruhiyatim...

Koʻnglimda rabboniy bir huzur

 NAJOT   Halokatdan qutqarar uldir, Bir imdod keladi olisdan. Izhor qilmaganing javohir, Sezaman, naqadar xolissan. Tong otadi endi boshqacha, Chopib, horimasdan yashayman. Uchqur umr koʻzdan qoshgacha, Nimanidir anglay boshlayman. Oq bulutga boqqancha masrur, Telba shamollarda...

Zamona naqli

Qasrday uyimga qoyil qolganman, Bir xonam qizimga, biri oʻgʻlimga. Mehmonga zarnigor xona solganman. Nahotki shu iqror kelar tilimga: Onamga joy yoʻqmi, onamga joy yoʻq?..   Bagʻri ilk qadrdon, ilk mening...

Mutolaa sehri

Chingiz Aytmatovning yangi nashr etilgan “Tanlangan asarlar” toʻplamini oʻqib   Mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga...

Vafo Fayzulloh (1963)

1963 yili tugʻilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Hut”, “Xabarsiz sevinch”, “Mangu lahza”, “Jon yoʻli”, “Azaliy gʻussa” kabi sheʼriy kitoblar, “Chaqmoq yorugʻi” adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplami muallifi. F....

Ishq atalur olamlarning mehvari…

Kakkujon   Navo qilding qaylardandir bir zamon, Koʻngilginam boʻlib ketdi charogʻon! Tilsimlarga toʻlib-ketdi qahkashon. Men bir goʻdak, ovozingga qul boʻldim. Seni izlab oʻrmonlarga yugurdim, Topolmasdan gʻunchalarga termuldim, Yigʻlab-yigʻlab dilsizlarga dil berdim... Sensiz oʻzni...

Meni taʼqib etar tinmay bir nigoh

 MUHLAT   Ne baxtki, tiriltirdi bugun ham, Sabolar sevgini sochdilar. Oʻldirgandi qattol, sovuq gʻam, Buloqlar oʻzicha toshdilar.   Esla, erta tingan soʻnggi soʻzingni, Burchlaring tigʻiz bu lahzada. Oy koʻzgusida kuzatgin oʻzingni, Koʻrinmas zanjirni parchala!   Erta...

Koʻnglimda binafshalar taratadi boʻy

 OQ LAYLAK (Turkumdan)   1. Chechaklar edi yelkan Suzganimda qirlarda. Ona yurt ona ekan, Oshiq edim hurlarga. Eski machit qaydasan? Azon yangrasa nogoh, Yuragimda paydosan, Xavflardan etib ogoh. Sogʻinch oʻrtaydi bilmam, Vayronalarga mahkum. Xochday ortadi gʻamim, Dunyo tuyuladi xum. Har...

Xayrlashgan men bilan dashtlar

SOGʻINCH (Turkum) Yurak titrab turar yoʻlga shaylanib, Manziliga yetmay horigan sayyoh… Nahotki shuncha yil oʻtdim aldanib, Sodir etganlarim barchasi gunoh?..   Quyosh ham yonboshlab borar ufqqa, Alvon sochlarini yoygan daraxtlar. Aytgin, yetadimi maʼnan...

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: