Bosh sahifa Kalit so‘zlar Ota-ona

Kalit so‘z: Ota-ona

Qizalog‘imga maktub

Salom qizalog‘im! Bilasanmi, insonni bu hayotga farzand bog‘lab turadi. Sen zanjirsan. Metin va mustahkam, insoniy tuyg‘ulardan oziqlangan zanjirsan. Meni, onangni shu yorug‘ dunyoda orzu bilan...

Iste’dod “kalit”lari onadan o‘tadi

Genimizni uyg‘otsak, nimalarga erisha olamiz? O‘zligini anglashni istagan inson borki, genida yashayotgan sirli iqtidor, salohiyatni bilgisi, yuzaga chiqargisi keladi, aslida kimning avlodi ekaniga qiziqadi. Bugungi...

Onamga

Bir nur yoritadi ming yilki xonam, Parilar raqs tushgan oltin ostonam. Bu – onam yuzidan taralgan yog‘du, Ravzai jannatim, rizvonim onam.   Bir gul ayozlarda egmaydi boshin, Bag‘rida asraydi sevgi...

Onajonim

Onajonim   G‘amdoshimsiz, onajonim, sirdoshimsiz, Mehribonim, mushfig‘imsiz, quyoshimsiz. Bu dunyoning qayg‘usi ko‘p, g‘am-anduhi, Unga qarshi bardoshimsiz, bardoshimsiz.   Onajonim, dunyoning past-balandi ko‘p, Erka kiyik, ohularga kamandi ko‘p. Zahru boli, zardobidan oshadim xo‘p, Yodingizdan panoh...

Ona ko‘ngli

Onam urchug‘iday aylandi falak Chigal kalavaday men ketdim shoshib. Gul uzsam bir qizga, qurg‘ur kapalak, Eslatib yuborar sizni adashib.   Sizga ne ilindim ko‘z yoshdan bo‘lak, Bolam deb tunlari mijja...

Talaba

Ko‘ksimga bosaman shoyi ro‘moling, Sog‘insam boshimga o‘rab olaman. Onajon Jizzaxga ketayapman men, Mehringdan olisda nima qilaman?   Ba’zida qiynalar vijdon qurmagur, Birinchi oktyabr – yilda bir bayram. Qo‘ng‘iroq qilaman, “Onajon, kechir!” Bugun...

Onam orzusi

Yo‘lga tushib o‘zi ko‘rgani kelgan, Sezib-sezib holim so‘rgani kelgan. Qo‘lida tugunin, yelkada yukin Ko‘tarib, borini bergani kelgan. Ovvora onam-a, sarson-a, onam.   Qalbining beshdan bir parchasi o‘zim, Xavotir uyining darchasi o‘zim. Diydorni...

O‘zingizni sog‘inaman, onajon

Besh yildirki armon bag‘rim ezadi, Tuyg‘ularim to‘zon kabi to‘zadi, Sizni izlab tog‘u toshni kezadi, Izingizni sog‘inaman, onajon.   Joningizni nisor aylab jonimizga, Bir o‘zingiz yaradingiz o‘nimizga. To‘yolmasdan ketgan nurli kunimizga, Ko‘zingizni sog‘inaman,...

Onam

Onam menga aytmas og‘riqlarini, Shunchaki taskinlar malham bo‘lolmas.   Boshqalar singari ko‘nglini ochib, Boshqalar singari yayrab kulolmas.   Hovlini supurib-sidirgay shamol, Ul onam g‘amini supura olmas.   Hayot unga bergan mushkul bir savol, Bir...

Onajonim

Yo‘llarimga zor-intizor termulgan, Non yoniga kulcha yopib ilingan. Ollohimga umrim so‘rab sig‘ingan, Intiqqinam, mushfiqqinam onajon.   Dardlarimga darmon bo‘lib tinglagan, Ozor bersam duo bilan siylagan. Tunlar bedor sochlarimni silagan Bedorginam, dildoshginam onajon.   Qaldirg‘ochdek...

Onamning qo‘llari

Keltiray bir ta’rifin onamning qo‘llarini, Ham habib, ham tabibim – onamning qo‘llarini.   Ko‘targan ro‘zg‘or yukin, qilt etmay biror tuki, Ham buyuk, ham suyukli onamning qo‘llarini.   Kaftida tutgan bizni...

Onam yozolmagan she’r

Sochlarimda oq gullar, Kel, ularni ter, bolam. Yo‘lingga mushtog‘ yo‘llar, Bolam bo‘lib ber, bolam.   Ko‘ksimga oy berkitdim, Yulduzlarga choy tutdim, Otangdan ham ko‘p kutdim, Baxtim bo‘lib ber, bolam.   Titragan sozingni qo‘y, Bo‘g‘iq ovozingni...

Onaizor

Yillar yetaklashib o‘taveradi, Ishlarim ko‘payib borar chunonam. Tunlar mijja qoqmay kutaveradi Ne-ne xayollarga bormagan onam.   Ba’zan sim qoqadi: “Yopgandim patir, Uyga nechchilarda qaytasan, bolam?” Doimiy javobim: “Ishdaman, axir!” Zardamga zardalab yurmagan...

Duosin ol onajoningni

Asror akaga   Birov shaydosidir obro‘, shoningni, Birob bilmay qolsa, olsa molingni, Sen boshqa minnatsiz mehr topmassan, Duosin olib qol onajoningni.   Har so‘zi ming yillik dardingga darmon, Neki istagi bor, anglagil...

Sendan xokisorroq zotni ko‘rmadim

ONAM SURATIGA ChIZGI   Sendan xokisorroq zotni ko‘rmadim, Nechun uylamaysan o‘zingni bir dam? – “Yedim, tanimga singmadi, Kiydim, ustimda turmadi. Bu dunyoga kelib mening Topganim sizlar, bolam”...   ONAJON   Xayol surib keldim ko‘chadan, Xayol bilan kirdim xonamga. O,...

Onamga

Oq sochlari oppoq tun uning, Umri halol ishqqa bayroqdir. Oh, yuzlari dunyoi dunning Go‘zalidan chiroyliroqdir. (Bo‘lolmadim hassasichalik), Otam dardin ko‘targan mohim, Ushoqqina onam ko‘ngliga Bir hovuch nur bergil, ilohim! O‘zi potrab chiqqan...

Tazarru

Telefon yig‘lab yuboradi yarim tun, Jonimga aylanar uning go‘shagi. Aloqachi singlim, bir kech urushma, Aloqachi singlim, tezroq ulagin.   Simning u uchida onam xastahol: “Bolam, omonmisan, sog‘misan, – deydi – O‘g‘lingni...

Zamona naqli

Qasrday uyimga qoyil qolganman, Bir xonam qizimga, biri o‘g‘limga. Mehmonga zarnigor xona solganman. Nahotki shu iqror kelar tilimga: Onamga joy yo‘qmi, onamga joy yo‘q?..   Bag‘ri ilk qadrdon, ilk mening...

Onamga maktub

Sendan uzr so‘rayman, ona, Bo‘lolmadim sen aytgan o‘g‘il! Goho qalbim kattarib ketdi, Goh uzun bo‘lib ketdi til.   Ko‘kragimdan bosib yotsa ham Og‘ir-og‘ir armoning qat-qat, Men mehrimni qimmatroq bilib Qilolmadim ko‘plarga shafqat.   Ko‘rmasin...

“Charog‘boning, kahkashoning, osmoning – Onang U…”

* * *   Onajon, og‘zingiz oshga tekkanda tishingiz sinmish, Bu kun g‘am lashkari manim ko‘ksima xanjarin sunmish, Ko‘mirdek tim boshim uzra qayg‘uning qorlari qo‘nmish, Tomirda qonlarim to‘nmish tilim lol, ko‘zlarim tinmish, E voh,...

Eng ko‘p o‘qilgan