Bosh sahifa Kalit soʻzlar Ona

Kalit soʻz: Ona

Sendan xokisorroq zotni koʻrmadim

ONAM SURATIGA ChIZGI   Sendan xokisorroq zotni koʻrmadim, Nechun uylamaysan oʻzingni bir dam? – “Yedim, tanimga singmadi, Kiydim, ustimda turmadi. Bu dunyoga kelib mening Topganim sizlar, bolam”...   ONAJON   Xayol surib keldim koʻchadan, Xayol bilan kirdim xonamga. O,...

Onamga

Oq sochlari oppoq tun uning, Umri halol ishqqa bayroqdir. Oh, yuzlari dunyoi dunning Goʻzalidan chiroyliroqdir. (Boʻlolmadim hassasichalik), Otam dardin koʻtargan mohim, Ushoqqina onam koʻngliga Bir hovuch nur bergil, ilohim! Oʻzi potrab chiqqan...

Tazarru

Telefon yigʻlab yuboradi yarim tun, Jonimga aylanar uning goʻshagi. Aloqachi singlim, bir kech urushma, Aloqachi singlim, tezroq ulagin.   Simning u uchida onam xastahol: “Bolam, omonmisan, sogʻmisan, – deydi – Oʻgʻlingni...

Zamona naqli

Qasrday uyimga qoyil qolganman, Bir xonam qizimga, biri oʻgʻlimga. Mehmonga zarnigor xona solganman. Nahotki shu iqror kelar tilimga: Onamga joy yoʻqmi, onamga joy yoʻq?..   Bagʻri ilk qadrdon, ilk mening...

Onamga maktub

Sendan uzr soʻrayman, ona, Boʻlolmadim sen aytgan oʻgʻil! Goho qalbim kattarib ketdi, Goh uzun boʻlib ketdi til.   Koʻkragimdan bosib yotsa ham Ogʻir-ogʻir armoning qat-qat, Men mehrimni qimmatroq bilib Qilolmadim koʻplarga shafqat.   Koʻrmasin...

Ona sogʻinchi

Koʻzlari toʻrt boʻlgan onam yonidan Tomlarga yugurib chiqar qizgʻaldogʻ Menga yoʻl qaraydi uyning tomidan. Toʻrt qiblaga tutash yoʻl. Bari – aldogʻ.   Shamollar yulqiydi koʻylaklarini, U tomdan tusholmas menga yoʻl...

Onam ekkan rayhonlar

Onam Ergashxon Yoʻldoshboy qizi xotirasiga   Hovlimizga jannat boʻyin taratgan, Sabolarga ifor tutgan, yayratgan, Koʻkdan oyu oftobni ham qaratgan, Borligʻida malaklarmi nihonlar, Rizvon ekan onam ekkan rayhonlar.   Kapalaklar arimasdi qoshidan, Bolarilar...

Ona

Har ikki soʻzingizning bittasi edi “bolam”, Har ikki soʻzingizning bittasi edi “jonim”. Necha yillar oʻtsa ham, koʻzlarimdan ketmas nam, Diydori qiyomatga qolganim, onajonim.   Sahardan shomlargacha paxtalar tergan onam, Kechalari...

“Sizga sheʼr oʻqimayman tinglang, oyijon…”

Sizga sheʼr oʻqimayman tinglang, oyijon, Avvalgidek birdan hapqirib, toshib. Oʻzingni tutgin, deb imlang oyijon, Oʻtirmay soʻzimdan tagʻin adashib. Iliqlik ilinji tinchitmas meni, Uyimga kirsam ham, chiqsam ham tishga Entikib kutaman...

“Sizni qoʻmsab yuragim eziladi, onajon!”

ONAJON   Bolalik chogʻim oʻtgan kulbamga kirib borsam, Sogʻinchlardan sargʻaygan gullarga nazar solsam, Xayollarga erk berib, bir nafas oʻyga tolsam, Koʻnglim uyi nogahon buziladi, onajon, Sizni qoʻmsab yuragim eziladi, onajon!   Bizga...

Onamga

Yigʻiga oʻxshagan tabassum bilan Yana qoshingizga qaytmoqdadirman. Bu yerda hech kimsa parvo qilmagan, Dil rozimni sizga aytmoqdadirman. Men osmondan yerga tushib qolganman, Doʻstlar xiyonati boshimni egib. Muhabbat, visoldan bezib qolgandim, Hatto...

Ona

Siz alla aytganda tunlar uxlamay, Oy ham orom olar qoʻyib bosh. Falakni tark etib sajdalar etar, Mehringiz qoshida lol qolgan Quyosh.   Mehrkim, sutday oq nurday pokiza, Mehrkim, taftidan erur...

“O, ona, onajon, daryoi azim…”

QISHLOQDAGI BEMOR ONAM   Tonglar turib yoʻlga qarayman, Bulutlardan Sogʻinch yoʻllayman, Qush tilida salom bergayman: Qishloqdagi ey, bemor onam, Bemor uzra ey, bedor otam.   Mehrimga koʻp zor boʻlgan tunlar, Koʻzingizdan toʻkilar munglar, Kutmoq...

“Duo olsang, oʻng boʻlar soʻllar”

ONAM IKKOV DADAMNI ESLAB   Kaftingizda yoʻllar moʻl, ona, Mening yoʻlim afsus soʻl, ona, Egik boshim yengil silaysiz, Qoʻllaringiz nechun hoʻl, ona?   Deysiz: qirqqa kirmay soching oq, Tinchlikda-mi bolalar, qishloq? Toshkent degan...

Onamni qoʻmsab

Onam Istoraxon Mirzokarim qiziga   Murgʻak xayolimga muhrlangandir, Maʼyusgina boʻlib oʻltirganingiz. Yana yodimdadir rayhonlar ekib, Bogʻchamiz gullarga toʻldirganingiz. Barcha onalarga sheʼr yozsam arzir, Lekin oʻz onamni qoʻmsayman hozir.   Sochimni jamalak oʻrganlaringiz, Tutamlab-tutamlab qoʻyganlaringiz. Qoʻgʻirchogʻimni...

Onang oʻlmasin

Mayli, boshdan toj-taxting koʻchsin, Vujudingni titroqlar quchsin, Sen magʻlub boʻl, gʻanimlar yutsin, Faqat onang yoningda boʻlsin.   Tashlab ketsin doʻstlaring bari, Mayli, qolgin tanho, sarsari, Xastami yo noshudmi, qari, Faqat onang yoningda...

“Koʻngling ololmagan, bolangman, Ona!”

ONAJON   Toshlar taskin berar togʻlar gʻamiga, Tomchi yosh taskindir koʻzlar namiga. Gʻamlaring taskindir gʻamlar gʻamiga, Bir toshcha boʻlmagan bolangman Ona!   Uyni mehmon bossa soʻzing quvnaydi, Oʻchoqda qozoning – tuzing quvnaydi. Qizim...

“Qalbdagi intizor-intizor hislar…”

ONAM   Iliq xotiramning toʻlqinlaridan Munis suvratingiz ohista qalqib Koʻzim qorasida turib qoladi. Osmonga termulib toʻlmagan koʻzlarim, Zaminga termulib toʻlmagan koʻzlarim Bir sizning chehrangiz bilan toʻladi. Qalbdagi intizor-intizor hislar Quvonchim taftida eriydi asta. Endi...

“Bir hikmatni ilgʻadim…”

* * *   Ona, toʻplab chiqsa – bardoshlaringiz, Shuncha yillar toʻkkan koʻzyoshlaringiz, Yeru osmon selu yomgʻir, doʻl boʻlardi. Bir vohani koʻmardi suv, Bir vohani gʻarq etguvchi koʻl boʻlardi.   Ajinlaringizni oʻylasam...

“Onam bilan ketmon chopgan ayollar…”

ONA   Bu dunyoning bozorida baxt bormi, Xudoyimdan tilaganing naqd bormi, Oyogʻingga boshim qoʻysam dil osmon, Ona, sening tovoningda taxt bormi?   Tulporlarga tushov uyat, tushov or, Bedorlarning bolishida hikmat bor, Ming dodimda...

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: