Bosh sahifa Kalit soʻzlar Novella

Kalit soʻz: Novella

Sovchilar

Ishdan charchab qaytdim. Bilamanki, bunaqa paytda televizor roʻparasiga oʻtirsangiz, tamom! Bahona oʻzidan oʻzi topilaveradi. Bosh qurgʻur toliqqani, yangi film boshlangani... Yaxshisi, kabinetga kirib ishlash kerak....

Qanoat

Otamning jahli yomon edi. Badjahl boʻlib aka-ukalardan, birontamizni chertgan emas. Biroq onam: “Hoy, ehtiyot boʻl, adangning jahllari yomon”, deb shunchalik uqtirib qoʻyganki, otamizni koʻrishimiz...

“Toy”

Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sugʻorayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib toʻxtadi. Mashina eshigi ochilib, zabardast gavdali yigit tushib keldi. Taniy olmadim.  – Hormang, dehqonchilik katta-ku!...

Mahallaning “shayxi”

Qachondir uning ismi boʻlsa boʻlgandir. Biroq mahallada hech kim uning otini bilmaydi. Hamma Shayx deb chaqiradi. Aytishlaricha, urush paytida bir beva xotin besh-olti yoshlardagi bolasi...

Kitob

Bugun kitobim chiqdi. Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini onamga atar edim. Har gal bir xil soʻz yozib berardim: “Birinchi oʻqituvchim – onamga!”...

Surat

Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:  – Oʻtirsang-chi, bolam. Birpas oʻtirgin.  – Boʻldi, ketdim.  – Shoshma, bolam. – Onam koʻzimga...

Xiyonat

Hali maktabga qatnamasdim. Mahallamizdan ikki chaqirimcha narida allaqanday bolalar uyi bor edi. Katta bolalarning aytishiga qaraganda, oʻsha yerda tez-tez kino boʻlib turarkan. Bir kuni...

Bola yigʻisi

Onamning jahli chiqqanini kamdan-kam koʻrardim. Ammo bu gal juda qattiq achchiqlandi. Opamnikiga ketayotgan edik. Tor koʻchaga burilishimiz bilan yigʻi ovozi eshitildi. Koʻcha chetida uch...

Eng ogʻir gunoh

Kuz kirganini qishloq bolasining qoʻlidan bilsa boʻladi. Yongʻoq hali “paqqa” boʻlib ajralmasdan turib, daraxtga tarmashib ketamiz. Xom yongʻoqning poʻstini tozalash oson emas. Gʻadir-gʻudir gʻisht...

Gilam paypoq

Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman. Kavkaz tomonda koʻp boʻladi. Juba deyishadi, jurabi deyishadi. Oyim xuddi noyob narsaga ega boʻlgandek,...

Ikki afsona

Gazetachining ishi bir tomondan uloqchi otga, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga oʻxshaydi. Uloqchi otdek manzilga yuguradi-yu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch tortadi... Navbatchi edim....

Qarz

Bir kuni gapdan gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik:  – Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa qoʻyyapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi?  – Sandiq qatta, bolam? – deb kuldi...

Haqqush

Doʻstlarim: “Juda siqilib ketdingiz, aylanib kelamiz”, deb toqqa sudrashdi. Alla-pallagacha oʻtgan-ketgandan gaplashib oʻtirdik. Qiziq, har gal bosh ustiga bosib tushgudek magʻrur qad kerib turgan...

Tush

Tush koʻrsam, onam chiroq koʻtarib yurganmish. Yuzini aniq koʻrmasmishmanu, ammo qoʻlidagi chiroq xira nur sochib turganmish. “Koʻzingga qara, bolam, chuqur bor”, dermish nuqul. Qarasam,...

Tasalli

Qabriston jimjit. Faqat yoʻlakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga...

Oq, oydin kechalar

Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koʻz oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom boʻlardi. Erta bahorda qiygʻos gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: “Bodom yolgʻiz boʻlgani...

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: