Bosh sahifa Kalit soʻzlar Iqbol Mirzo

Kalit soʻz: Iqbol Mirzo

Koʻklam

Salim Ashurga   Koʻklam, men koʻnglimni ochmasdan hali Qat-qat hasratimni ilgʻagan koʻklam, Meni deb chorboqqa tortib baxmalni, Qoʻziqorin bilan mixlagan koʻklam, Mening sharafimga yashin yashnatib, Mushakdek portlatgan momaqaymoqni, Xatti shikastada maktublar bitib, Shoxlarga...

Onajon

Goho sizning borligingiz unutdim, Yoʻllarimda zorligingiz unutdim. Umidlari kesilgan bu dunyoda Yolgʻiz umidvorligingiz unutdim. Gʻanimatim, omonatim – onajon.    Oshno topdim, valekin doʻst topmadim, Oqkoʻngilli bir qorakoʻz topmadim. Shamollarga sovurdim gul soʻzlarni, Lekin...

Chiroyli qiz haqida hikoya

Sen chiroyli qiz eding, Sen chiroyli kularding. Sal xunukroq boʻlsayding Oʻzimniki boʻlarding.   Men ketaman, gulgʻuncha, Qarab qolmagin, dedim. Men murodga etguncha Qarib qolmagin, dedim.   Visol nima, dedim men, Hijron kerak sheʼr uchun, Qiynoq kerak...

Oʻzbek

Manglayga kaft qoʻyib olisga boqsam, Edildan koʻrinar boʻylaring, oʻzbek. Tush kabi jimirlab ming yil oqsa ham, Noming aytar enasoylaring, oʻzbek.   Nuh toʻfoni, demak, qismat shamoli, Kimningdir kamoli, kimning zavoli. Sargashta...

Qoʻqon shamoli

Aʼzam Oʻktamga bagʻishlayman   Oʻqtin-oʻqtin gʻazab otiga minib, Vahshat solar telba Qoʻqon shamoli. Koʻzlaring qisilib, qulogʻing tinib, Ajrata bilmaysan yerdan samoni.   Uch kun davom etar talotum, qutqu, Uch kun kattalarning tilida...

Muhammad Yusufga bagʻishlangan sheʼrlar

Hamma yaxshi shoir-adiblarni va Muhammad Yusufni ustoz deb bilaman. Uning samimiyligi, chapaniligi yoqadi. Oʻzi ham sheʼrlariga oʻxshardi: birovga yomonligi yoʻq, sodda odam edi. Agar...

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: