Bosh sahifa Kalit soʻzlar Bolalar uchun

Kalit soʻz: Bolalar uchun

O…o…jon

“Jinqarcha” bogʻchasining oʻrtancha guruhiga qop-qora qoshlari bir-biriga tutashgan, kipriklari uzun-uzun, charoskoʻz bir bolakay kelib qoʻshildi. Uning asli ismi Oltinbek edi. Biroq, koʻp oʻtmay, bolachoqlardan...

Shunday degan ekan

Shaftolining degani:   – Meni, derlar, shaftoli, Koʻp mevalar qatori Mazaliman, totliman, Narxi baland otliman.   Maqtanish boʻlar, desam, Ming bir dardga doriman. Oʻgʻirlagan siz boʻlib, Yana mendan nolimang.   Maqsadim – xursand qilmoq Siz xoʻranda doʻstimni. Biron-bir...

Sanamalar

– Bir, ikki, uch... oʻn ikki, Oʻn ikki deb kim aytdi?   – Oʻn ikki deb men aytdim, Shartta ortimga qaytdim.   – Yoʻq, qaytmagin, shoshmay tur, Savolim bor, javob ber: Doim...

Qoʻgʻirchoqlar

Gulsanamning tugʻilgan kunida dadasi unga ajabtovur qoʻgʻirchoq olib keldi. Sochlari mayda oʻrilib, boshiga koʻk roʻmol chandilgan, egniga atlas koʻylak kiydirilgan bu yoqimtoy qoʻgʻirchoqni bir...

Maqtanchoq

Mardivoy haqida gap ketgudek boʻlsa, “maqtanchoq” degan soʻzni ham albatta qoʻshib aytishadi. Odam, maqtanchoq boʻlganga yarasha, sal botirroq boʻlsa-ku, bir nav. Ammo, uchragan kimsaga...

Boboning sabogʻi

Qishlogʻimizning kiraverishidagi katta tutzor barcha bolalarning oʻyin maydonchasi edi. Bolalar bilan “Bekinmachoq”, “Oʻrtaga tushar”, “Chillak”, “Chim” kabi oʻyinlarni oʻynab kun kech boʻlganini sezmay qolardik....

Qushlarning ashulasi

 Koʻchat ekaman   Bogʻimizda tantana, Erta tongdan shomgacha. Chumchuq qoʻnib oladi Devor osha tomgacha.   Qushlarning ashulasi Bir-biriga ulanar. Qaldirgʻoch tugul hatto Bulbul navbat tilanar.   Qushlar bazmiga makon Bobomlar ekkan daraxt. Uzumlarni asrolmay Baʼzan buvimlar karaxt.   Uzum yetar hammaga, Deyman,...

Shamol bilan koʻkni kez

 Sinfdoshim   Kitobdan uzmay koʻzin, Unutib hatto oʻzin, Eshitmay biror soʻzim, Sochin oʻynab oʻtirar.   Bir qatorda partamiz, Har kun doska artamiz, Qoldi deganda yolgʻiz, Sochin oʻynab oʻtirar.   Baʼzan juda shoʻx, shodon, Baʼzan serkulgi, gapdon, Goh jim...

Oymomo, yonimga tush…

 Buvijonim   Bagʻri issiq buvim bor, Mehrlari koʻp bisyor. Pazandalar juda ham, Havas qilgudek biram, Boʻlsa-chi, hayit bayram, Dasturxonimiz chunon Ketadi chiroy ochib, Xushboʻy hidlar taratib. Boʻgʻirsogʻu qushtili, Shirin nonlar xilma-xil. Koʻzimiz quvontirar, Ishtahamiz uygʻotar. Shirin holvaytarni-chi, Pishiradilar tez-tez, Chunki...

Kim biladi-yo shuginani-yo?

Bilagʻonlar uchun mantiqiy jumboqlar   Mantiqiy masala va jumboqlarni yechish aqlingizni charxlaydi, fikrlash qobiliyatingizni rivojlantiradi, eʼtiborli boʻlishga oʻrgatadi. Koʻpincha bunday masalalarda ahamiyatsiz koʻringan biror detal yoki...

Yer qazuvchining jumboqlari

Slovak ertagi   Bir kambagʻal yoʻl yoqasidagi ariqni kavlashga yollanibdi. Bir kun kavlabdi, ikki kun kavlabdi, uchinchi kuni bir voqea roʻy beribdi. U boʻlganmi, boʻlmaganmi, har...

Indamas malika

Chex ertagi   Bir yerda ariq boʻlgan ekan. Ustiga ensizgina koʻprik qoʻyilgan ekan. Shunday tor ekanki, ikki kishi sira oʻta olmas ekan. Kunlarning birida Baxt koʻprikning bir...

Chivin bilan ayiq

Slovak ertagi   Chivin bilan ayiq oʻrtoq ekan. Bir kuni ayiq chivindan soʻrabdi: – Chivinjon, oshna, sen hamma joyda uchib yurasan, hamma hayvonlarning qonini ichasan. Qani oʻylab koʻrib...

Tosh va konlar hukmdori

Slovak ertagi Qishloqda ham, shaqarda ham emas, togʻlar oraligidagn qishloqda bpr beva xotpn yashar ekan. Eri oʻlganidan beri gam bilan yoʻqchilik uning ostonasidan nari ketmas...

Koʻrinmas sovgʻa

I Mi E   Doʻstim Shisening otasi jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlgan hurmatga sazovor insonlardan edi. Shu sababli ham ularning moddiy ahvoli havas qilgulik edi. Kunlarning birida,...

Uy isidi

Abdulhamid maktabdan kelib tushlik qildi. Issiq choy ichdi. Lekin ichi hech isimadi. – Aya, uyimiz sovib ketibdi-ku? – Ha, toychogʻim, – deydi ayasi, – kuz oxirlayapti....

Oʻttiz yil oʻtib

Mixail Zoshchenko   Bolaligimda ota-onam meni juda yaxshi koʻrar, doim sovgʻalar bilan siylardi. Balki bunga koʻp kasal boʻlganim sababdir. Chunki tomogʻim ogʻrisa, tepki boʻlganimda, shamollasam ota-onam...

“Shoir”

Yuliya Markova   Kechagina Anton Vertalyotov ixtirochi boʻlmoqchi edi, oʻtgan kuni – haydovchi, bir hafta oldin esa tankchi boʻlish orzusida edi. Ammo bugun shoir boʻlishga qatʼiy...

Xaloskor

Yuriy Sotnik   Erta bahor edi. Biz suzib yurgan muz boʻlaklarini tomosha qilish uchun Aglaya bilan daryo boʻyiga keldik. Suv yuzasida negadir mayda muz boʻlaklari koʻp-u,...

Uch sovgʻa

E. B. Vlasova   Salliy kollejda tahsil oladi. Biroq uning ham boshqa tengqurlari kabi puli koʻp emasdi. U oʻqiydigan kollej uyidan uzoq shaharda boʻlganligi uchun ham...

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: