Bosh sahifa Kalit soʻzlar Abdulla Oripov

Kalit soʻz: Abdulla Oripov

Ruhing mangu tursin yorishib

Sen bahorni sogʻinmadingmi?   Uygʻonguvchi bogʻlarni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonogʻingdan rang olgan dedim – Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo oʻzingni, – Sen bahorni sogʻinmadingmi?   Uzoqlarda zalvorli togʻlar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha...

Soʻnggi suhbat

Ustoz Abdulla Oripov gurunglarining ayrimlarini yozib qoʻyardim. Uch-toʻrttasini oʻqib munday qarasam, risolacha boʻlguday avzoyi bor. Iqtidorli shoir va adib, oqibatli doʻst Muhammad Ismoilga berib,...

Abadiyat muhri bor goʻzallik tuygʻusida

Nur   Nima qolur mendan dunyoda, Farzandlaru toʻrt-beshta bayot. Toliqsam-da haddan ziyoda, Seni juda sevaman, hayot.   Fahm etarman, ne boʻlar keyin, Marmar toshning narxi bir tiyin. Qiyin, qiyin, ketganga qiyin, Seni juda sevaman,...

Madhiya sharofati

Mustaqillikning ilk yilida davlat madhiyasi uchun konkurs eʼlon qilingan edi. Unda mashhur bastakor Mutal Burhonov musiqasi va Abdulla Oripov soʻzi gʻolib deb topildi. Madhiya...

“Shoir boʻla qolsin…”

“Toshkent oqshomi”da adabiyot va sanʼat boʻlimini isteʼdodli adib Oʻtkir Hoshimov boshqarardi. U paytda havaskorlar ijodi chop etiladigan nashrlar koʻp emasdi. Odatda ijodkorlar oʻz yozgan...

Abdulla Oripov (1941–2016)

Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan...

“Eng avval onangga yaxshilik qilgil…”

OʻZBEK ONASI   Mushtipar ham oʻzing, buyuk ham oʻzing, Kuyinchak ham oʻzing, kuyuk ham oʻzing. Olamga tatirlik suyuk ham oʻzing, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, Oʻzbek onasi, Oʻzbek onasi.   Seni...

El-yurtga, sheʼriyatga baxshida umr

2016 yilning ayni yozida Erkin Vohidov, kuzida esa Abdulla Oripovning oramizdan ketishi milliy adabiyotimiz, qolaversa, ozod yurtimiz uchun ogʻir judolik boʻldi. Oʻtgan XX asr...

Bir pari fasl

Shabnam shovullaydi bogʻlar qoʻynida, Salqin tuman ichra boʻzarar tonglar, Quyoshning erinchak yogʻdularida Nafis yaltiraydi bargi xazonlar… Bu misralarning qogʻozga tushganiga qirq yildan oshdi. Uni ilk bor eshitganimda hali...

Koʻrgan-bilganlarim

Mening tugʻilib oʻsgan, bolaligim oʻtgan joylar Qarshi (Qadimgi Nasaf) shahridan besh-oʻn chaqirim shimolroq tomondagi Qoʻngʻirtov etaklaridadir. Qishlogʻimning nomini Nekoʻz deydilar... Qishlogʻimizda suv nihoyatda taqchil edi......

Isming aytsam, sadolarga toʻladi soʻzim

Yoshlik   Yoʻl chetida, Daryo boʻyida, Turar edim aso tayanib. Hayot isin tuymoq oʻyida, Dunyolarga boqsam, deb qonib.   Oʻsha mahal uzoq-uzoqdan Koʻrindi-ku bir guruh shodmon. Kelmoqdaydi yoshlar u yoqdan, Oʻyin-kulgi avjida chunon.   Oʻtishdilar, guvohdir koʻzim, Meni...

Tiriklik aslida imtihon ekan

 SOGʻINCH   Seni sogʻinsinlar, Sen koʻp sogʻinding, Chora yoʻq baribir ikki holda ham. Daryodek tosharding, koʻl kabi tinding, Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam. Afsus, sogʻinchning ham bordir adogʻi, Keyin unutilish, bari...

Turfa moʻjizaga boydir bu dunyo…

 MUHABBAT   Turfa moʻjizaga boydir bu dunyo, Yeru osmon toʻla kamalakdek rang. Lekin koʻz oʻngimdan ketmaydi aslo, Bir sening qiyofang, bir sening chehrang.   Dunyoda oz emas sohibjamol ham, Duch kelsang nogahon...

Maʼnaviy tahdid sharpasi

Qarashlar, fikrlar, mulohazalar Nazarimda odamiyatning ongli hayoti boshlangan kundan yer yuzida kurashlar davri boshlandi. Yaratgan zot ulugʻ Kitobida darj etganidek, ular bir-birlarini tanishlari va doʻst...

Bir zumgina koʻz tashla menga

IJOD MASʼULIYATI Koʻchada oʻz yoʻlida ketayotgan kimsani boshqa birov toʻxtatsa, demak, aytadigan, soʻraydigan gapi boʻladi. Balki u soat nechchiligini yoki biror manzilni surishtirar. Yoʻlovchini shunchaki...

Shunchalar poyonsiz ekan bu ochun

KOINOT SIRI Bizni qiziqtirar koinot siri, Oʻsha yoqlarda ham bormikan hayot? Birov “Bordir” – desa, “Yoʻq” – deydi biri, Lekin ikkisi ham hanuz beisbot.   Aslida, mantiqqa bogʻliq bu jumboq, Kutish...

Olgan har nafasing yangidir beshak

ULOQ Togʻlar orasida, juda uzoqda, Men ham qatnashganman bitta uloqda.   Uloqni oʻrtaga tashlar bakovul, Maydonda boshlanar goʻyoki dovul.   Toʻzon koʻtarishib otlar chopishar, Uloqni uzay deb qoʻllar yopishar.   Gohida tulporga berishadi pand, Toʻplanib,...

Yoshlar bayroqdor boʻlsin!

Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri  Abdulla ORIPOV bilan suhbat   – Abdulla aka, avvalo qutlugʻ 70 yoshingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Shu yoshda toʻla ilhom bilan ijod qilayotganingiz...

Bir ulugʻ martaba tilayman sizga…

VORISLIK Har qanday gʻaflatning intihosi bor, Tong otib, bedorlik boshlangay yana. Oxiri, gʻam bosgan joyda ham takror, Shodlik qayta boshdan qilgay tantana.   Koʻzga yosh berilgan, barmoqqa uzuk, Toy bosib kelgaydir...

Azaliy armonlar dostoni

Mashhur “Hakim va ajal” liro-epik asarida Abdulla Oripov oʻzining badiiy-falsafiy konsepsiyasiga sodiq qoladi, oʻzbek xalqining buyuk mutafakkir farzandi Abu Ali ibn Sino hayoti va...

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: