Tosh va konlar hukmdori

0
165
marta koʻrilgan.

Slovak ertagi

Qishloqda ham, shaqarda ham emas, togʻlar oraligidagn qishloqda bpr beva xotpn yashar ekan. Eri oʻlganidan beri gam bilan yoʻqchilik uning ostonasidan nari ketmas ekan. U mehnat qilib kun koʻrar, yagona ovunchogʻi qizn ekan.

Qizi katta boʻlib, boʻyi yetgan sari husni ochilaveribdi. U shundap goʻzal Qiz boʻlibdiki, koʻrgan kishi undan koʻzini uzolmas ekan. Qomati kelishgan, qalam qosh, koʻzlari musaffo moviy osmopni eslatar, sochlari esa beliga tushar ekan. Qiz juda ham goʻzal, lekin oʻlgudek gerdaygan ekan. Dugonalarini mensimas, dehqon yigitlarni nazar-pisand qilmas ekan. Ertadan kechgacha yasan-tusannp oʻylab, koʻzgudan koʻzini uzmas ekan. Beva onasi esa, tinmay ishlar, topganini unga tutar ekan.

Bir kun kechqurun oyisi uning oldiga yangi sogʻilgan sut bilan yangi yopilgan non qoʻyibdi. Qizi boʻlsa, sutga qaramabdi, nonni esa uloqtiribdi.

– Noi jonimga tegdi, – debdi u, – koʻrgani koʻzim yoʻq. Shaharda hamma yumshoq kulcha bilan shirin non yeydi. Baxtsizman! Atigi uchta koʻylagim bor. Na uzugim, na sochimga taqadigan taqinchoqlarim bor…

U shunday deb yigʻlay boshlabdi, qiziga qarab onasi ham koʻz yoshi toʻkibdi.

– Nima qilay, bolam, boy emasmiz! Baxt boylikda emas. Otang bilan yoʻqchilikda yashar edik, lekin bir-birimizga mehribon edik, shuning uchun qora non ham bizga shirin kulchadek tuyular edi.

Uxlagani yotishibdi. Beva xotin uzoq vaqt uxlolmabdi. U yostiqlan boshini koʻtarib qiziga qarabdi, oy yogʻdusida qizining uyqusida iljayayotganini koʻribdi. Koʻngli bir oz tinchib, uyquga ketibdi.

Ertalab:

– Nima tush koʻrding, qizim? Kechasi nega iljayding? – deb soʻrabdi.

– Tushimda, – debdi qizi, – oldimga mis karetada kuyov kelib, uzuk sovgʻa qildi. Uzukning koʻzi osmondagi yulduzdek yaraqladi. Uzukni taqib koʻchaga chiqdim. Hamma menga qarab, uzugimga havas qildi.

– Tushing yaxshilikka boʻlsin-da, – debdi onasi va uy ishlariga ovora boʻlib ketibdi.

Qizi boʻlsa qoʻlida koʻzgu bilan deraza oldiga oʻtirib olibdi.

Choshgohda hovliga dehqonning aravasi kirib kelibdi. Otlari semiz, aravasi ham yangi, aravadagi yigit esa yelkador pahlavonga oʻxsharkan. U goʻzal qizga, bevaning qiziga sovchi boʻlib kelgan ekan.

Bevaga kuyov yoqibdi. Ona xursand boʻlibdi. Lekin qizi yigitga qayrilib ham qaramabdi-da:

– Agar mis karetada kelganingda ham, toshlari osmondagi yulduzlardek yaraqlaydigan uzuk sovgʻa qilganingda ham senga tegmas edim, – debdi.

Dehqonning oʻgʻli xafa boʻlib, otlarini qamchilabdi-yu, joʻnab ketibdi.

Ona xafa boʻlib, qizini urishibdi.

– Hera shunday yaxshi yigitga yoʻq dednng? Ular kambagʻal emas, men ularni bilaman. Uylari yaxshi, yerlari hosildor, oʻzlariga toʻq odamlar.

– Oh, oyijon, dehqonlarning xizmatini qilaman deb, shunday goʻzal boʻldimmi…

Onasi hech narsa demay, boshini chayqabdi.

Kun oʻtibdi. Qizi barvaqt uxlagani yotibdi. Onasi allamahalgacha sevikli qiziga yangi koʻylak tikib oʻtiribdi. Urniga yotayotganida qizining uyqusida jilmayayotganini koʻribdi.

“Qizim tushida yana nimadandir xursand boʻlyapti!” – deb oʻylabdi ona.

Haqiqatan qam qizi erta bilan koʻzini ochiboq tushini gapira boshlabdi.

– Bugun kechagidan qam yaxshi tush koʻrdim, oyijon. Menga sovchi boʻlib kumush izvoshda bir yigit keldi. Sochimga taqadigan kumush bezak sovgʻa qildi. U xuddi oydek yaraqlar emish. Men uni taqib koʻchaga chiqdim. Hamma menga qaradi, qammaning havasi keldi.

– Darchani yaxshi yopmagan edim, qizim, oy yorugʻi yuzingga tushib, shunaqa tush koʻrgandirsan.

Kun yorishibdi, quyosh chiqibdi. Kun yarmidan ogʻishi bilan uy oldiga izvosh kelib toʻxtabdi. Qiz deraza oldiga yugurib kelib qarabdi-yu, teskari oʻgirilibdi.

Shu payt eshikdan shaharlik sovchilar kirib kelishibdi, ular bilan yosh savdogarzoda ham kiribdi. Ona shosha-pisha ularni oʻtqazibdi, dasturxon yozibdi.

Sovchilar qoidasi bilan kuyovni maqtab, kelinni alqab gapga ogʻiz ochishlari bilan qiz savdogarzodaga qarab shunday debdi:

– Agar kumush karetada kelganingda ham, oydek yaraqlaydigan soch bezak sovgʻa qilganingda ham, men senga xotin boʻlmayman.

Savdogarzoda ham, sovchilar ham xafa boʻlishibdi, izvoshlariga oʻtirib, qaytib ketishibdi.

Ona qizini qanchalik yaxshi koʻrib erkalamasin, endi oʻzini tutolmay, qizini urishibdi.

– Juda kekkaygansan, qizim, kuyov tanlashni ham haddan oshirib yubording. Axir savdogarzoda chiroyli, boy. Shaharga olib borib yasantirib qoʻyardi. Bundan ortiq nima kerak senga!

– Nima ortiq, nima kamligini oʻzim bilaman, – debdi qiz. – Poylayman, vaqt-soati keladi.

– Seni qistamayman, – debdi onasi. – Lekin tanlab toziga uchramagin, deyman. Yana, odamlar bilan xushmuomala boʻlishingni istayman.

Uchinchi tun beva xotin qizining uyqusida qattiq kulib yuborganidan uygʻonib ketibdi. U shunday qattiq kulibdiki, qoʻngʻiroq jaranglaganday boʻlibdi.

Ertalab qizn shunday debdi:

– Qanaqa tush koʻrganimni eshiting, oyi. Quyov oltin karetada kelibdi, quyosh nuridek yaraqlaydigan oltin koʻylak sovgʻa qilibdi. Mei shu koʻylakni kiyib, koʻchaga chiqibman. Qim qarasa, koʻzi qamashnb, teskari qarar emish.

– Tushing yaxshilikka boʻlsin-da, qizim, – debdi onasi. – Odamlar sening chiroyingdan nega teskari qarashdiyknn?

– Yaxshilik boʻladi, oyi, yaxshilik boʻladi. Hali koʻrasiz, bugun kim menga sovchi boʻlib kelar ekan.

– Hech kim kelmaydi, – debdi onasi, – ikkita kuyovni haydab yubording, qolganlari izza boʻlishni istamaydi.

Lekin onasining oʻylagani boʻlmay, qizining istagani boʻlibdi.

Qoq peshinda koʻchada shovqin, toʻs-toʻpolon eshitilibdi. Hovliga uchta kareta kirib kelibdi. Birinchisi ikkita qoʻngʻir ot qoʻshilgan mis kareta. Ikkinchisi toʻrtta kulrang ot qoʻshilgan kumush kareta, uchinchisi oltin rangli oltin tuyoqli sakkiz ot qoʻshilgan kareta. Otlar soʻliqlarini chaynab, tuyoqlarini tepib turgan emish.

Mis karetadan qizil ishton, yashil kamzul, yashil qalpoq kiygan xizmatkor bolalar tushishibdi. Ular yugurib borib kumush kareta eshigini taʼzim bilan ochishibdi. Undan shlyapasiga jigʻa taqilgan, uzun kulrang kaftan kiygan saroy aʼyonlari tushishibdi. Ular oltin kareta oldiga kelishibdi. Taʼzim bilan uning eshigini ochishibdi. Undan kuyov tushibdi. U shunchalik kelishgan ekanki, bunaqasi qishloqdagina emas, shaharda ham topilmas ekan. Kiyimlari oltindan, etik bogʻichlari olmos bilan bezatilgan.

Qiz uni koʻribdi-yu, onasining qoʻlini ushlabdi.

– Qarang, oyi, qarang! Uch marta tushimga kirgan yigit mana shu. Nihoyat haqiqiy qalligim keldi!

Bu kelishgan yigit haqiqatan ham sovchi boʻlib kelgan ekan.

Qiz qanchalik xursand boʻlsa, onaning yuragi shunchalik uyushar ekan. Quyov chiroyli, boy, zodagon. Lekin qayerdan kelgan, suyukli qizini qayerga olib ketadi, bu nomaʼlum ekan. Ona yana kuyovning koʻzida mehr, iliqlik yoʻqligini sezib qolibdi. Qoʻzlari tirik odamlarnikiga oʻxshamay, toshga oʻxshab yaltirarkan.

Qiz boqqa yugurib chiqib, bir dasta gul uzib kelibdi va rozilik alomati sifatida yigitga taqdim qilibdi. Kuyov qizga koʻzi yulduzdek yaltirayotgan uzuk, oy nuridek yaraqlaydigan soch bezak pa oltin koʻylak sovgʻa qilibdi.

Qelin sovgʻalarni olib, kiyinish uchun boshqa xonaga chiqibdi.

– Qizim yolgʻiz boʻlgani uchun erka oʻsgan. Uni sevib, doim mehribonlik qilasanmi? Qattiqqoʻl boʻlmaysanmi? – deb soʻrabdi ona kuyovdan.

– Qizingizni gerdaygan va tosh yurakligi uchun sevnb qolganman. Qirolligimdagi bor narsalarning hammasi uniki.

– Qirolliging uzoqdami?

– Uzoqlikka uzoqmas-u, lekin u joyga borish qiyin.

– Demak, qizimni borib koʻrolmas ekanman-da?

– Koʻrolmaysiz. Lekin qizingiz istasa, bir yilda uch kunga ruxsat beraman.

Mana qiz oltin koʻylak kiyib, sochlariga kumush bezak taqib chiqibdi. Barmogidagi uzugi esa yulduzdek yaltirar emish. Ona qizining goʻzalligidan quvonib yurar ekan, endi esa uni koʻrib angrayib qolibdi.

Kuyov qizining qoʻlidan tutib, oltin kareta tomon yoʻl olibdi.

Odamlar har tomondan yugurib kelib, bu garoyib toʻyni tomosha qilishibdi. Lekin qiz, bir marta boʻlsa ham hamqnshloqlariga qaramabdi, ularga oxirgi marta iljaymabdi.

Karetalarga oʻtirishibdi. Haydovchi qamchinini silkitibdi. Oltin rangli otlar qoʻzgalib, karetani gʻizillatib ketishibdi. Uning ketidan kumushrang otlar, undan keyin qoʻngʻirrang otlar yoʻlga tushnshibdi.

Oia ostonada turgancha karetalar orqasidan koʻtarilayotgan changga tikilib qolibdi. Yuragi ezilibdi, qizini bundan keyin koʻra olmasligini sezibdi.

Hamqishloqlar uylariga tarqalisharkan, bir-birlariga.

– Kelin yaxshi ish qilmadi. Odatimizga rioya qilmadi – qizoshida dugonalari bilan xayrlashmadi, qoʻshnilariga taʼzim qilmadi, ketishi oldidan onasi oyogʻiga yiqilmadi, – deyishibdi.

Uchta kareta boʻlsa, yoʻlda ketaveribdi. Dalalardan oʻtibdi, oʻrmonlardan oʻtibdi, togʻ oraligʻiga kiribdi.

Kelin qayerga ketyapmiz, deb oʻylar, lekin eridan soʻrashga botinolmasmish.

Toglar borgan sari torayib, borgan sari balandlashib boraveribdi. Ular tor daraga kirishibdi. Dara shunchalik tor ekanki, karetalar arang oʻtibdi. Mana darada yoʻl tugabdi va roʻparada gʻor eshigi ochilibdi. Otlar yurishini sekinlatmay ajdar ogʻziga kirgandek gʻorga oʻzini urishibdi.

Ular ichkariga kirishlari bilan orqalaridan guldiragan ovoz eshitilibdi. Togʻdan koʻchki tushib gʻor ogʻzini toʻsibdi. Kelin qoʻrqib eriga yopishibdi. Eri uni yupatibdi.

– Qoʻrqma, xotin, hammasi qoidasi bilan boʻlyapti. Tezda uyga yetamiz.

Haqiqatan ham koʻp oʻtmay atrof yorishib, gʻordan chiqishibdi. Yana togʻlar boshlanibdi. Togʻ bagʻirlarida daraxtlar oʻsib yotgan emish. Lekin togʻlar ham, daraxtlar ham juda ajoyib emish. Kelin atrofga nazar tashlabdi: hamma narsa qoʻrgʻoshindan. Qoyalar qoʻrgʻoshin, eman va qaragʻaylarning shoxlari, barglari qoʻrgoshin, archa va qayinlarning poʻstloqlari, butoqlari qoʻrgoshindanmish. Kelin kareta darchasidan boshini chiqarnb osmonga qarabdi. Osmon ham qoʻrgʻoshnndan boʻlgandek, xira nur taratarkan. Hamma narsa qotib qolgandek qimir etmasmish. Yer ostida shamol nima qilsin?!

Nihoyat qoʻrgoshin togʻ orqada qolib, keng vodiy boshlanibdi. Hammayoq yaraqlab ketibdi, oʻtlar yashil toshdan, gullar yoqut va zumraddan, osmon esa lojuvard toshdan ekan. Vodiyning oʻrtasida kumush derazali oltin qasr turganmish.

– Mana uyga yetib keldik, jonginam, – debdi eri. – Nima koʻrgan boʻlsang va nimalarni koʻradigan boʻlsang, hammasi meniki, endi ular seniki ham boʻladi.

Yesh kelin eriga kulib qarabdi. Ular saroyga kirishibdi. Hammayoq qimmatbaqo toshlardan charogʻon emish. Shu payt qizil ishton, yashil kamzul, qizil qalpoq kiygan odamlar yugurib kelishibdi. Ular taʼzim qilishib:

– Tosh va konlar hukmdori, dasturxon yozishni buyurasanmi? – deyishibdi.

U qoʻlini silkitibdi. Xizmatkorlar bir zumda dasturxon yozishibdi, turli taomlar qoʻyishibdi.

Qelin tatib koʻribdi-yu, tishlarini sindirishiga oz qolibdi. Hamma ovqatlar toshdan, birortasini qam chaynab boʻlmas ekan. Eri boʻlsa ovqatni yer, xotiniga goh unisi, goh bunisini tatib koʻr, der emish.

Xotini esa:

– Aziz erim, hech narsa istamayman. Menga bir burda non berishsin, – debdi.

Tosh va konlar hukmdori chapak chalibdi. Togʻ odamchalarn mis barkashda mis non olib kelishibdi.

Yosh xotin boshini qimirlatibdi. Xizmatkorlar kumush barkashda kumush non, oltin barkashda oltin non olib kelishibdi.

Xotini eriga qarab:

– Menga mis non ham, kumush non ham, oltin non ham kerak zmas, menga bir burda oddiy non olib kelishsin, – debdi.

Eri shunda:

– Sen nonni yaxshi koʻrmas, unga qaraging kelmas edi-ku! Istagingni bajarishga tayyorman, ammo mening mulkimda sen istagan narsa yoʻq, – debdi.

Yosh kelin hech narsa yemasdan oʻrnidan turibdi.

Yer osti qirolligida kunlar oʻtaveribdi. Lekin kecha bilan kunduzni ajratib boʻlmas, faqat qum soat vaqtni oʻlchar ekan. Oq qum tushsa yer yuzida kunduz, qora qum tushsa, kechasi boʻlar ekan.

Er yosh xotinini erkalar, hech qachon qattiq gapirmas ekan. U ham erini sevar ekan. Lekin vaqt oʻtgani sari yer yuzini koʻproq qoʻmsay boshlabdi.

– Nega xafasan, jonginam? – deb xotinidan soʻrabdi bir kuni eri.

– Quyoshni, oy yogʻdusini sogʻindim, qora tuproqli yerni ham… – debdi xotini.

Er qovogʻini solibdi.

Uylanganimda, bu yerdagi narsalar senga yoqadi deb oʻylagan edim. Mayli, xafa boʻlma, yaqinda bir yil toʻladi, uch kechayu uch kunduzga yer osti qirolligimdan quyosh nuri yogʻilib turgan yerga chiqasan.

Xotini quvonib ketibdi.

– Birinchi navbatda oyimni borib koʻraman, – debdi u.

Eri yana ham hovogʻini uyibdi.

– Seni xafa qilishga qoʻrqib, haqiqatni yashirgan edim. Onangga sovgʻa yuborgan edim. Uylariigda hech kim yoʻq ekan. Onang olamdan oʻtibdi. Toʻyimizdan keyin uzoq yasholmabdi.

Xotini qoʻllarini silkitib, achchiq-achchiq yigʻlabdi.

Yosh xotin yer osti qirolligida qaygʻuga botib yurar, uni bezaklar, qimmatli toshlar ham qiziqtirmas ekan. Faqat qum soatga tez-tez qarar ekan. Soatda esa oq qum bilai qora qum tinmay almashinib tushar ekan.

Mana belgilangan kun kelibdi. Goʻzal kelin togʻdan chiqibdi. Bahor fasli ekan. Quyosh mayin nur sochar, osmonda qushlar parvoz qilarkan.

Qiz epra yotib uni oʻpibdi, yerdan yashil oʻtlar nish urib chiqibdi. Daraxt shoxlarini silagan ekan, daraxtlar kurtak chiqarib, barg yozishibdi. Atrofga quvnoq nigoh tashlagan ekan, gullar ochilibdi.

U odamlarni koʻrib ular oldiga yuguribdi, ularni quchoqlab:

– Bir burda non beringlar! – deb iltimos qilibdi.

Odamlar hayron boʻlishibdi. Gado ham emas, yirtiq-yamoq kiyim kiygan ham emas, yosh, goʻzal, kiyimi ham asl matodan ekan. Lekin tilanchilik qilayotganmish. Odamlar hayron boʻlishibdi-yu, lekin unga non berishibdi.

Tosh va konlar hukmdorining xotini yer yuzasida uch kechayu uch kunduz boʻlibdi. Qechani oʻrmonda oʻtkazibdi, tongda esa qushlarning in qurishini tomosha qilibdi, hayvonlarning inlaridan qanday chiqishini kuzatibdi. Quyosh ham, shamol ham, hatto yomgʻir ham uning qalbiga orom beribdi.

Uch kunda hammayoq yashil gilam bilan qoplanibdi, daraxtlar gullabdi! Shunda qizning muddati tugabdi. U togʻ oldiga kelibdi, qoyalar surilib, unga yoʻl berishibdi va yana bekilib qolishibdi.

Shundan beri bahor kelganda, odamlar:

– Tosh va konlar hukmdorining xotini yer osti shohligidan chiqdi. Bir vaqtlar u issiq non bilan quyoshning qadriga yetmagan edi. Endi u bechora har gal yorugʻ dunyoga chiqqanida xursand boʻladi. Uni koʻrib atrofda maysalar koʻkaradi, daraxtlar gullaydi, – deyisharkan.

 

Ruschadan V. Yoʻldoshev tarjimasi

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.