Kul tagidagi uchqun koʻzga tashlanmaydi

0
292
marta koʻrilgan.

Qalmoqlar – moʻgʻullarning oyrot qavmiga mansub xalq. Bu millat vakillari tabiatan samimiy, ezgulikka oshno, oʻzgalarga koʻmakka shay odamlar. Shu bilan birga, ular sirli va birovga sir sotmas xalq. Bu jihatlar qalmoq maqollarida ham oʻz aksini topadi.

 

  • Umrning uzuni yaxshi, ziyofatning esa qisqasi.
  • Fikr koʻrligi koʻz koʻrligidan yomonroq.
  • Qargʻani nishonga olsalar, tipratikanga tegibdi.
  • Koʻp bil – kam gapir.
  • Kul tagidagi uchqun koʻzga tashlanmaydi.
  • Tushdan soʻng issiq boʻlmas,
  • Oʻlimdan soʻng quvonch.
  • Uqmagan odamga gapirish yemni sigirning shoxiga tutganday gap.
  • Quloq aldamchi, koʻz – ishonarli.
  • Odamni boshga ish tushganda sinaydilar.
  • Ahmoq odam yeb-ichganini gapiradi,
  • Aqlli odam koʻrib-eshitganini.
  • Qoʻl ishlasa, ogʻiz ham ishlaydi.
  • Chiroq oʻz tubini yoritolmaydi.
  • Qish iliq boʻlsa ham – qish.
  • Odamning tili toshni ham yoradi.
  • Boylik – ilk boʻrongacha, botir – ilk oʻqqacha.
  • Yomgʻirdan soʻng quyosh kuydiradi, yolgʻondan soʻng – uyat.
  • Bir qoʻltiqqa ikki tarvuz sigʻmas.
  • Boʻyin koʻtarsa, boshning kattasi yaxshi,
  • Tanani koʻtara olsa, oyoqning kichigi yaxshi.
  • Arqon ingichka yeridan uziladi.
  • Shamolning oxiri – boʻron,
  • Oʻyin-kulgining oxiri – gʻavgʻo.
  • Tuhmatda haqiqat yoʻq, yolgʻonda yaxshilik.
  • Qurbaqa qanchalik sakramasin, oʻz botqogʻidan chiqolmaydi.
  • Oʻzi yiqilgan goʻdak yigʻlamas.
  • Burgaga qarshi nayza koʻtarmaydilar.
  • Koʻrlar yurtida koʻzingni yum,
  • Oqsoqlar yurtida oyogʻingni sudrab bos.
  • Yiqilgan yerga suyanib oʻrnidan turadi.
  • Tomchi ummonni toshirar.
  • Ertangi quyruqdan bugungi oʻpka yaxshi.
  • Kesilgan daraxt tik turmas,
  • Aytilgan soʻz unutilmas.
  • Ahmoq qorovuldan aqlli oʻgʻri afzal.
  • Aqlli bilganini yuragida saqlaydi, ahmoq esa tilida.
  • Tovushi baland it qopmaydi.

 

XURSHIDA toʻpladi.

 

“Qashqadaryo” gazetasi saytidan olindi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.