Til bilan nutqni farqlash lozim

0
835
marta koʻrilgan.

Til soʻzlashish vositasi, yaʼni nutq sifatida namoyon boʻlgandagina maʼlum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi oʻziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:

 

  1. Til aloqa materiali boʻlsa, nutq aloqa shaklidir.
  2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
  3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bogʻliq holda uzoq boʻladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, ogʻzaki nutq soʻzlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
  4. Til nisbatan turgʻun, barqaror boʻlsa, nutq doim harakatda boʻlib, oʻzgaruvchan hodisa sanaladi.
  5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida boʻlishi mumkin.

 

Abduroziq RAFIYEV

 

“Ona tili va adabiyot” (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent – 2014) darsligidan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.