Qimmatli lug‘at

0
44
marta ko‘rilgan.

Sharqda qadimdan lug‘at va qomuslarga e’tibor katta bo‘lgan, deb yozgan edi taniqli olim, filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilov iste’dodli tadqiqotchi olim Baxtiyor Omon tomonidan tarjima qilib, nashrga tayyorlangan “G‘iyos ul-lug‘ot” kitobiga yozgan so‘zboshisida.

Ziyolilarimiz orasida mo‘tabar hisoblangan lug‘atlardan biri “G‘iyos ul-lug‘ot”dir. Bu asarning muallifi Muhammad G‘iyosiddin ibn Jaloliddin ibn Sharofiddin o‘tgan asr boshlarida Hindistonning Rompur shahrida tug‘ilgan. U donishmand kishi bo‘lgan, arab, fors, hind va turkiy tillarni bilgan. Muhammad G‘iyosiddinning boshqa ilmiy asarlari ham bor, ammo uning nomini “G‘iyos ul-lug‘ot” (qariyb 18 ming so‘zga sharh va izoh berilgan) dunyoga mashhur qildi. Lug‘at Hindiston, Pokiston, Eronda qariyb yigirma marta nashr etilgani, ustod Sadriddin Ayniyning aytishicha, Buxoro madrasasidagi 20 ming talabaning qo‘lida aynan shu lug‘at bo‘lgani kitobning qadri baland bo‘lganligidan guvohlik beradi. U Asad TusiyningLug‘ati forsiy”, Husayn InjuningFarhangi jahongiri”, Roy Tekjand BahorningAjami Bahor”, Husayn VafoiyningFarhangnoma”, Abdurashid TattaviyningFarhangi Rashidiy”, Alixon OrzuningCharog‘i hidoyat” lug‘atlari qatorida hamon tarixchilar, sharqshunoslar, ilm-madaniyat ahliga beminnat xizmat qilib kelayotir.

“G‘iyos ul-lug‘ot”izohli, tafsiriy lug‘at, forsiy tilda sodda va ravon yozilgan: muallif ayrim atamalarni keng tushuntiradi. Masalan,aruz”,istiora”,ma’no”,musiqa”,iqlim”,olam” kabi so‘zlarga yozgan sharhlari yaxlit bir risola darajasida, deyish mumkin. Unda arabiy, forsiy so‘zlar bilan birga, o‘nlab turkiy so‘zlarga ham izoh berilgan. O‘rta Osiyoning joy nomlari, atoqli kishilari haqida boy ma’lumotlar keltirilgan. Bu borada Muhammad G‘iyosiddin o‘zigacha yaratilgan lug‘atlar va manbalarga suyanadi, shu bois uning sharh va izohlari ilmiy jihatdan g‘oyat qimmatlidir.

Quyida “G‘iyos ul-lug‘ot”da ayrim so‘z va atamalar izohini o‘qiysiz.

 

A

Avliyo – qarobat do‘sti va yaqini, Olloh taologa yaqin zot.

Aynulhayot – obi-hayot tomchilari.

Ayyom – forsiyda mutlaq vaqt, zamon, fasl va mavsum.

Albob – ilmli, bilimdon.

Alim – dardli.

Alfiya – nahv va sarf ilmiga oid ming betlik kitob.

Ammat – kanizak, ummat shaklida kelganda – odamlar guruhi; anbiyolar payrovi; millat ma’nosini ham bildiradi.

Amri ma’ruf – yaxshi ishlarga chorlash.

Amsol – mashhur, go‘zal dostonlar.

Angor – tasavvur, xayol.

A’shor – asli ushr, ma’nosi bir narsaning o‘ndan bir ulushi demak.

Ayo – afsus, nido.

 

B

Badiha – bexosdan kelgan fikr, nogohoniy voqea, o‘sha ondayoq o‘qiladigan she’ru masal.

Badiiy – avvali va birinchi.

Badoye’ – yangi paydo bo‘lgan narsa, ajoyibot.

Bay’at – farmonbardorlik qilish, ahd-paymon, ixlosini do‘stiga baxshida etish, murid bo‘lish.

Bannot – qizlar ma’nosida.

Basirat – so‘fiylar tilida dil binosi, ya’ni donolik va ziyraklik.

Bariy – pok, gunohsiz.

Bob – arabchada darvoza va kitob, turkchada va forschada kitobning nomi.

Boxtar – mag‘rib ma’nosida keladi. Quyoshni, ba’zida baliqni shunday ataydilar. U Xurosan mamlakatining nomini ham bildiradi.

Boston – qadim, o‘tmish, ko‘hna.

Bozargon – savdogar.

Bolig‘a – komila.

Bo‘hron – ulug‘ to‘ntarish, tabiatdagi ofat. Unda yo omonlik qirg‘og‘iga chiqiladi yoki mamot topiladi.

Shunday tashbih borki, tabiatni – sultonga, ofatni – dushmanga, badanni – mamlakatga, bo‘hron kunini – o‘lim jangi kuniga topshiriladi, bu jangda dushman kuchlari g‘olib kelsa, bo‘hron yuz beradi va odamlar nobud bo‘ladi.

Bo‘g‘don – qalandarlar, gadoylar asbobini saqlaydigan buyum.

Bozu – quvvat va iste’dod.

 

Baxtiyor OMON tayyorladi.

 

uzas.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.