-ni va -ning qanday farqlanadi?

0
21
marta ko‘rilgan.

So‘z bilan ishlagan, kitob ko‘rgan kishilar yaxshi biladi, ba’zi hollarda -ni va -ning qo‘shimchalari xato qo‘llanadi. Bunday xatolardan xoli bo‘lish uchun soddagina bir qoidani bilish kifoya.

-ni fe’l va uning shakllari bilan bog‘lanadi, -ning esa ism so‘zlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Masalan,

Kitobni o‘qidim, kitobni o‘qish. Bu o‘rinda -ning ishlatish xato.

Kitobning muqovasi, kitobning o‘qilishi. Bu o‘rinda -ni ishlatish xato. “Kitobning muqovasi” birikmasini “Kitob muqovasi” deb qo‘llagan ma’qul. Lo‘ndalashadi. Umuman, agar qisqartirish imkoni bo‘lsa, hatto qo‘shimchalardan ham voz kechish kerak. Ma’noga ta’sir ko‘rsatmasligi sharti bilan, albatta.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, -ning qo‘shimchali so‘zlar ham, -ni qo‘shimchali so‘zlar ham fe’lning noaniq (o‘qish) yoki bosh shakliga (o‘qimoq) bog‘lanishi mumkin. Lekin -ni dan so‘ng albatta aniq nisbatdagi harakat nomi (o‘qish), -ning dan so‘ng esa majhul nisbatdagi harakat nomi (o‘qilish) kelyapti va unga egalik qo‘shimchasi (-i) qo‘shilyapti.

Demak, kitobning o‘qish yoki kitobni o‘qilishi deyish xato bo‘ladi.

 

Orif Tolib

 

oriftolib.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.