Yoʻli topildi

0
213
marta koʻrilgan.

(Erkin Vohidov ellik yoshga toʻlishiga bagʻishlab Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda soʻzlangan nutq)

 

Erkin Vohidov universitetni endi bitirgan paytidayoq taniqli shoir edi. Oʻzingiz bilasiz, oliy oʻquv yurtini bitirgan odam oldida uylanish muammosi koʻndalang boʻladi. Shu masala yuzasidan Erkin aka Said Ahmad akaga maslahat solibdi.

– Oqsoqol, – debdi, – xabaringiz bor, bir-ikkita kitobim chiqdi. Uch ming soʻmcha pulim ham bor. Lekin qaysi biriga yetkazishni bilmayapman: mashina olaymi, uy solaymi, xotin olaymi? Mashina olsam, uy sololmayman, uy solsam, uylanolmayman, uylansam mashinaga pul qolmaydi… Nima qilay?

Said Ahmad aka peshonasini Rashid Abzining garmoniday tirishtirib chuqur va uzoq oʻyga tolibdi. Oxiri chehrasi yorishib, bunday debdi:

– Bolam, men xoʻp oʻyladim. Hisoblab koʻrsam, uch ming soʻm puling hammasiga yetarkan. Maslahat shuki, sen avtobus sotib olgin! Avtobus – mashina degan. Rulini qayoqqa bursang ketaveradi. Bu – birinchidan. Avtobusning ichi keng-moʻl boʻladi. Koʻch-koʻroningni olib kirsang tayyor uy boʻladi. Bu – ikkinchidan. Uchinchidan, avtobus boʻlganidan keyin ichida konduktori ham boʻladi. Oʻsha konduktorni xotin qilib qoʻya qolasan! Koʻrdingmi, okaginang aylansin, man sanga hech qachon notoʻgʻri maslahat bermayman…

 

Oʻtkir HOSHIMOV

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.