Zarbulmasal

0
309
marta koʻrilgan.

Qancha ish boʻlsa bugun kechga ketar,
Sabr qilsang gʻoʻradin halvo bitar.

 

Yetishursen yiqilish paygʻomiga,
Bemahal chiqma birovni tomiga.

 

Ehtiyot etmakka kelmish ushbu pand,
Dar tavakkal zonui shutur biband.

 

Mulk haddidin oʻtish yaxshimidur,
Qoʻshnini oʻgʻri tutish yaxshimidur.

 

Poygachining ikki koʻzi gʻovdadur,
Boʻrini har dam qulogʻi ovdadur:

 

Garchi davlatda erursen Boyqaro,
Sen tarozu boshiga avval qaro.

 

Toki oʻtgaysan jahondin pesh oʻlub,
Toʻqimi oʻn tanga, eshak besh oʻlub.

 

Egningga sol sholchau gʻoʻlonani,
Taqma eshak boʻyniga doʻlonani.

 

Har na boʻlsa holating koʻrib tirish,
Tashqari qilma quyushqondin bir ish.

 

Yaxshimidur sendin, ey bemoya moʻr,
Surfa qoqu tom boshida qoʻsh tanoʻr.

 

Oʻz hisobingni bilib yur moyadin,
Kim soʻrar oy boshini devonadin?..

 

Tut omonatni naku bir kun boʻlur,
Pichoq oʻlsa yoʻq, sofi oltin boʻlur.

 

Vaʼdada turgʻil, oʻzingni yiqmvgil,
Rost boʻl, argʻamchiga un tiqmagʻil.

 

Taʼlim olmoqdin kishi oʻzda qolar,
Ustasi yoʻq har maqomda yoʻrgʻalar.

 

Boʻlmasa ilmi kishini ne deyur,
Knm qozonda boʻlsa, choʻmichga chiqur.

 

Yer koʻtarilmas chunonchi osmon,
Ming semursin, chumchuq oʻlmas botmon

 

Qoʻysa johil olim oʻrniga qadam,
Bolta kelguncha olodur kunda dam.

 

Oʻrtaga tushsin kimi boʻlsa kuchi,
Soʻysa chumchuq, qassob oʻlsin soʻygʻuchi.

 

Soʻzni och uqqanga, ey ozodakor,
Kim chalur eshak qulogʻiga dutor.

 

Mashvarat qilgʻil, kimi boʻlsa qari,
Kim qari bilgonini, bilmas pari.

 

Toʻgʻrilikda gar jahonda toqdur,
Bekni ogʻzi qoydadur, boymoqdur.

 

Doʻst otin qoʻymagʻil avroqda,

Qoy kiyik turmish ishongan togʻda.

 

Ravshan etmishdur samodan to samak,
Qassob oʻlsa oshno bergay suyak.

 

Pand senga kim berur sitez emas,
Oshnodin top, demoq bejiz emas.

 

Sabr qilmoq birla qil oʻzni toʻkuz,
Boshga tushsa tortadur albatta koʻz.

 

Kimki ehson qildi, ul topdi najot,
Qoy ogʻiz yeydur ham ul chekti uyot.

 

Xayr qilmay oʻzni odam chogʻlama,
Sen qozoning aslv suvga bogʻlama,

 

Koʻz tuturdin kim boʻlibdur beniyoz,.
Hadya boʻlsin, garchi ham boʻlsa piyoz.

 

Qorni toʻqni qorni ochdan yoʻq xabar,
Toʻyga borsang bor toʻyib, jon pisar.

 

Toʻkilursa gar qarib koʻzu qoshi,
Kimki bermasdur aning pishmas oshi.

 

Qoʻrqmagʻil andinki dur neku siyar,
Yaxshida boʻlmas yarogʻ, qilma hazar.

 

Yopmas ogʻzini kim, hayoti uyrilur,
Boltadin toymas hoʻkuz boʻlsa oʻlur.

 

Qil taammul, qilma oʻzgʻa oʻt yoqib,
Sen qizini ol, onasiga boqib.

 

Yoʻlda yoʻlchi, ovchi ovda xoʻb erur,
Qirgʻiz oʻlsa kim oʻtovda xoʻb erur.

 

Qoldilarmu poklar bu dam aro,
Yaxshiga kun yoʻqdurur olam aro.

 

Istiqomatlik kishi masrur erur,
Kim musofirdur, masalda koʻr erur.

 

Oʻzni yolgʻuz tashlama sen bemahal,
Koʻpchilik ne boʻlsa, sen ham boʻl oʻshal.

 

Ki yugurur boʻlsa ogʻiz oshgadur,
Chopmoqi ham tilu ogʻiz boshgadur.

 

Mashrabi keng oʻlsa koʻngul saylagʻay,
Tor yerda kim tamosho aylagʻay.

 

Sen nihon sir ustin ochma, ey gʻani,
Gar yopuqliqdur qozon, yopgʻil ani.

 

Birni rozin berkiturgʻa gʻam yegil,
Teva koʻrdingmu deganda, yoʻq degil.

 

Hech kimning tushmasun aslo ishi,
Och ila soʻzlar ajal yetgan kishi.

 

Tutsa tong yoʻq toabad ustun makon,
Shum boʻlur har yerda shogirdi kalon.

 

Orqasidin garchi sovuq soʻz –yurur,
Odamini bil, yuzi issiq erur.

 

Oʻzni toʻq tutmoq emas dono ishi,
Ochligʻidin oʻlmamishdur hech kishi.

 

Imtihonsiz oshnoni yoʻqlama,
Tarvuz ersa xom agar qoʻltuqlama.

 

Jahl birla boshlama hargiz urush,
Hech kishigʻa boʻlmagʻil qovunfurush.

 

Birga hoʻ qilma fyreb bermrqqa,
Qoʻynini toʻldirma puch yongʻoqqa.

 

Keng tutgil koʻngling, oʻl sohibtamiz,
Qirq kishigʻa yetgan ermish bir mayiz.

 

Sen yemoqqa qylmagʻil xoʻ qandni,
Qand yersen, lek yersen pandni.

 

Achchiq ermish ushbu soʻz, hushyor tur,
Kim demishdurlar shirinligʻ yaxshidur.

 

Indagandan indamaslik yaxshiroq,
Indasang, boshinggʻa tekkaydur tayoq.

 

Kar eshitgonigʻa aslo toʻymagʻay,
Koʻr tutgonini hargiz qoʻymagʻay.

 

Joyi bor har soʻzni, ey oliymaqom,
Eski ogʻizmu tilar yangi taom.

 

Mardum ichra shoʻru gʻavgʻo solma, sen,
Shallaqiliq birla yengib olma, sen.

 

Rahm qil, har kimni qoʻy oʻz yoʻligʻa,
Bermagʻil jonini olib qoʻligʻa.

 

Majlis ichra tuxmi bejo sepma, sen,
Har qayu soʻzni beligʻa tepma, sen.

 

Shikvani bazmi qurilsa, nori tur,
Tushsa yuz yuzga, xijolat keltirur.

 

Bilmayin sen ochma savdo ustini,
Tut ayiqni, soʻngra sotgʻil poʻstini.

 

Qay eshik ermish yaqinroq, oni qoq,
Sen uzoqni soʻziga solma quloq.

 

Kattalik aylab oʻzingni buzma, sen,
Sayratib toʻpxonani yurguzma, sen.

 

Ayroning yoʻq chanqaganda ichmoqa,
Sen kumush koʻprik tilarsen oʻtmoqa.

 

Bobi ishrat dafʼatan boz oʻlgʻamu,
Bir gul ochilgʻan bilan yoz oʻlgʻamu.

 

Qasri davlat ichra kim oʻzni urar,
Har tegirmon navbati birla yurar…

 

Kimki boʻlsa, yaxshilik jomin tuza,
Qoʻyma tarbuz poʻstini yoʻling uza.

 

Muxbir oʻlsang, haq soʻzidii tuz maqol,
Boʻlgʻay ermish qayda elchiga zavol?..

 

Zulm qilmoqlik doʻkonin qurmagʻil,
Hoʻkuzingni boʻynini shishturmagʻil.

 

Gʻaflatdagi dushman uza oʻzni otma,
Uxloq esa qayerda ilon, uygʻotma.

 

Bu tarz iladur zamonaning ishigʻa voy,
Halvoni hokimu yetim kaltakni yegay, hoy.

Toleʼ bilibon davlat elini topqay,
Iqbol ham oni, teshasizni chopqay.

 

Olurlar oni molin joyu bejoy,
Boʻsh ersa qoyu daraxt qurt yegay, hoy.

 

Tuz er kim esa, tolei yuz oʻgurar,
Baxtni oʻshal hamisha uyquda koʻrar.

 

Oshuftaligʻu yoʻqligʻ ila umr surar,
Lek yomon erni oshugʻi olchi turar.

 

Dasti koʻtah holi boʻlgʻondur taboh,
Chiqmasun gʻaltakka hamyon hech goh.

 

Odam oʻlsun yogʻ kesurdin vaqti choq,
Ustuxonga yetmasun aslo pichoq…

 

Hirs zindonida oʻzni yitmagʻil,

Besh qoʻlingni ogʻzingga sen tiqmagʻil.

 

Davlatingga dam berib cholishmagʻil,
Ushbu damlar birla hargiz shoshmagʻil,

 

Soʻrma fosiqdin riyozat holini,
Yoki qochgandin urush ahvolini.

 

Kim ichi oʻngidadur, koʻz baxshidur,
Kim erur oʻngi ichida, yaxshidur.

 

Qoydadur bechora bor, rangi soriq,
Kord topilmas hoʻkiz boʻlsa oriq.

 

Kimni kim ogʻzi qulogʻiga yetur,
Aqlini bilgʻil qafosidin ketur.

 

Yor esa sen birla yaxshi birligʻi,
Yoʻq keraklik toshning ogʻirligʻi.

 

Koʻngil uzgʻil tunbazi davvordin,
Nafʼ olmas qon qusar zavvordin.

 

Gʻam yema, har chiz oz oʻlea, yetar,
Kissagʻa qaytarma, koʻp boʻlsa ketar.

 

Sen jazo maydonida boʻlma choʻloq,
Birni aybigʻa boʻlib koʻzu quloq.

 

Zulmning oʻtini aslo yoqmagʻil,
Sen birov boshida donak chaqmagʻil.

 

Yetti goʻlaxgʻa qoʻyub oʻt, boʻlma past,
Qoyda boʻlsa maʼraka, berma shikast,

 

Birni boshi uzra feʼling buzmagʻil,
Sen tegirmon toshini yurgizmagʻil.

 

Kimki topti mardlik ichra masal,
Boshi ketsa, soʻzidin ketmas oʻshal.

 

Boʻlmasang suvchi, ne qilgʻaysen yuzish,
Qoʻchqor oʻlsa shoxsiz, bilmas suzish.

 

Doʻst birla imtihon qilgʻil talosh,
Bilsa, xurmo, bilmasa ber anga tosh.

 

Gar topay desang havodisdin omon,
Yaxshiga yaxshi, yamonga boʻl yomon.

 

Qolmagʻil koʻpdin, sen ersang borar,
Yolgʻiz otni changi chiqmas chopsa gar.

 

Yaxshiligʻ qilgʻil, agar yor istasang,
Yusuf oʻlgʻil, sen xaridor istasang.

 

Boʻlmogʻil badgoʻyu badguftor ham,
Goʻshho dorad daru devor ham.

 

Obroʻyipg toʻkma, soʻzlab ichma qon,
Indamaslikdur javobi ahmoqon.

 

Tarbiyat noahlgʻa qilgʻay asar,
Tursa gunbaz ustida yongʻoq agar.

 

Kimki oʻz-oʻzi siliq, soʻzi siliq,
Bil, yomonga ortiq oʻlmish bir qiliq.

 

Yurmasa kim toʻgʻri, soʻqmoq keltirur,
Egri kaltak egri toʻqmoq keltirur.

 

Sofdil nopoklardin toʻlgʻanur,
Tushsa havz ichra agar it bulgʻanur.

 

Berma koʻngling nafsi shayton shoʻrigʻa,
Qoʻyni topshirmoq boʻlurmu boʻrigʻa.

 

Boʻlsa majlis, toʻrigʻa olma oʻzing,
Kelsa mirshab, moʻrigʻa olma oʻzing.

 

Qizi bor uyga qorovul boʻlmagʻil,
Tayyor oshga sen bakovul boʻlmagʻil.

 

Jon garov, joma garov qil oʻzni, sen,
Joyigʻa qoʻygʻil hamisha soʻzni, sen.

 

Vaqti mehnatda nedindur qochishing,
Arpa pishganda magar tushmas ishing?

 

Borma xirmonga, uzoqda toʻq esang,
Donini olma, boshoqda yoʻq esang.

 

Har kishi yuk oʻz otigʻa ortadur,
Oʻz koʻmochiga kulini tortadur.

 

Boʻlmagʻil xayli xiyonat bastasi,
Oltin oʻlgʻay yoʻq pichoqni dastasi.

 

Hech uydin sen sugʻurma bir xavon,
Hech yuzdin urma toʻqson, ey javon.

 

Koʻz olayturgʻon na bilgʻay oʻzini,
Qasd qilgon, past qilgʻay oʻzini.

 

Maʼlum oʻlmish dunyoda jumla bilur,
Kim qazur gar choh, oʻzi yiqilur.

 

Qilma birni molini olmoq xayol,
Qoʻynidin toʻkilsa, sen qoʻnjigʻa sol.

 

Barchani yaxshi degil, oʻzni yomon.
Jumlani bugʻdoy bilu oʻzni somon.

 

Yoshlikdin maʼlum oʻlgʻay har nasl,
Ki bahoridin bilingʻay yaxshi yil.

 

Yaxshidin boʻlmas yomon aslo toʻqush,
Kelmagʻay lochin uyidin boyqush.

 

Xom kumushdin pishsa sholgʻom kuch berur,
Yoʻq tovuqdin, bor yumurtqa xoʻb erur.

 

Juldur oʻlgʻan yetishur jononagʻa,
Tushgay oyning yorugʻi vayronagʻa.

 

Xeshro oro dihad, bad badtar ast,
Gar juli atlas bipoʻshad, xar xar ast.

 

Oʻzni enkaymas takallufga solur,
Qayda boʻlsa teva choʻksa joy olur.

 

Yotni xesh aylamaslar dunyoda,
Tanimasni siylamaslar dunyoda.

 

Hech qimmat yoʻqki, behikmat emas,
Hech arzon yoʻqki, beillat emas.

 

Doʻst nodon oʻlsau, dushman – fahim,
Koʻrgʻasen andin saqar, bundin naim.

 

Qoʻl uzatma besabab ozorgʻa,
Toʻgʻri kelmas uy soʻzi bozorgʻa.

 

Shikvadin xomush boʻlgʻil subhu shom,
Oʻzni bilgʻil, oʻzgani qoʻygʻil mudom. ,

 

Kavlamoqdin oʻt oʻchodur oqibat,
Qoʻshni ham andin koʻchodur oqibat.

 

Sen yomon soʻz qilmau, boʻlma tarab,
Yaxshilardin qolmagandur hech gap.

 

Gʻalvani qilma quloqqa joygir,
Boshad az karnaychi yak puf dilpazir.

 

Johil aytsa soʻz qilur dono qiyos,
Hangrasa eshak solurlar beda tos.

 

Sen qulogʻingni koʻzingdek bilmagʻil,
Gar eshitsang, koʻrganingdek bilmagʻil.

 

Ishda yoʻq, har qaydadur sharmandadur,
Kimki joʻyanda erur yobandadur.

 

Yotmagʻil olamda, ey yor, ishlagʻil,
Bekor oʻlganningcha bekor ishlagʻil.

 

Odam ersang, sen bir ishni qil havas,
Behunarro xar hamegoʻyand bas.

 

Soʻz quruq boʻlsa, quloqqa yoqmagʻay,
Tepalik sori qarab-suv oqmagʻay.

 

Fikri budbul donmo gudda erur,
Bil hisobli doʻst koʻngulda erur,

 

Soʻrma aqcha, garchi senga yor erur,
Ki olurni, beruri ham bor erur.

 

Tonugʻil koʻzingni borida yoʻlung,
Tegsa kafgir senga, kuydurma qoʻlung,

 

Kimki ogʻzidin duri madhing sochar,
Amin oʻlma ham yomonlashga ochar.

 

Kim shujo oʻlsa, oʻzin hifzin etur,
Qoʻrqoq erga osmondin oʻq yetur.

 

Yovari yoʻqqa tushodur mojaro,
Yordami yoʻq xor oʻlodur xalq aro.

 

Besoʻrogʻ ish dilni gʻamnok aylagʻay,
Roh zangin mashvarat pok aylagʻay.

 

Mashvarat birla saxiy margʻub erur,
Ikki ilm, albatta, birdin xoʻb erur.

 

Kim buzulgay, qozilikka saylanur,
Tevagʻa yetsa ajal, choh aylanur.

 

Toʻgʻri boʻlsang, sen sochoq boʻl doimo,
Egri boʻlsang, sen oʻroq boʻl doimo.

 

Til kesilsa, sengʻa soʻzingdin erur,
Oqsa qon burningdin, oʻzingdin erur.

 

Kim sukut etsa, nadomat koʻrmagʻay,
Fikrsiz soʻzdin salomat koʻrmagʻay.

 

Achchnq oʻlgʻay pulgʻa kelsa, har chi hast,
Sirkai muft az asal shirintar ast.

 

Yoʻq hoʻkiz deb, bor uloqdin kechmagil,
Shox uchun xardek quloqdin kechmagil.

 

Koʻchada kim madh etodur xotunin,
Bazzoz etgʻay ayblik oʻlgʻon toʻnin.

 

Hamroh qil oʻzingga odamidurur zangn,
To nagʻma mashvaratda tuz ohangi.

 

Qoyda esa yolgʻiz ot, chiqmas changi,
Changi chiqsa, chiqmagʻay aning dongi.

 

Toleʼ oniki qabul aylar rovi,
Bechorani ovi yursa, yurmas dovi.

 

Ish boʻlmasa, qoʻlda bogʻ boʻlsa, chidamas,
Naxli ani barcha yogʻ oʻlsa, chidamas.

 

Ozor yoʻliga bir qadamdur yurma,
Otingni sitamni koʻchasiga burma.

 

Koʻrsangki birov hazin esa pishqurma,
Bir soʻxta ustiga namakob urma.

 

Rojiy HOʻQANDIY

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.