Yoshlik

0
165
marta koʻrilgan.

Goʻzal Shoquliyeva – Turkmaniston qahramoni, Maxtumquli nomli xalqaro mukofot sohibi, Turkmaniston xalq yozuvchisi. U 1940 yilning 11 avgustida Mori viloyatining Murgʻob tumani “Meros” dehqon birlashmasi (qishlogʻi)da tavallud topgan. Koʻpgina sheʼrlar toʻplamlari muallifi. 2015 yilda uning Ashxoboddagi Turkman davlat nashriyotida “Koʻnglim mening Oy ichinda” deb nomlangan saylanmasi chop qilingan. Quyida shu toʻplamga kirgan sheʼrlaridan namunalar keltirildi.


 

Yoshlik

 

Bir fasl bu – kengliklari bepoyon,

Toshqin daryo kabi oqib boradir.

Bir fasl bu – kamalakday nurafshon,

Xushboʻy isi jonga yoqib boradir.

 

Bahorida sozi, yozida bulbul,

Oyning quchogʻida, osmonda koʻngil,

Gʻayrat, havas qaynar jonida butkul,

Koʻzlarida chaqmoq chaqib boradir.

 

Olam bahorini yoshlikdan olar,

Yoshlikdadir tar yaproqli nihollar,

Tiniq osmon koʻrki dilni yoritar,

Koʻksiga yulduzin taqib boradir.

 

Shod-xurram kunlarning jilosi unda,

Yashnar alvon gullar libosi unda,

Koʻpmas, sal narsaga shod boʻlib dildan

Qaygʻu-gʻam eshigin yopib boradir.

 

Unga shu kun bir yon, umr bir yonda,

Oʻylamas oʻtishin, sanoqli on-da!

Gʻam-tashvish nimadir, baquvvat jonga,

Dunyoga ishq boʻlib, boqib boradir.

 

Bir fasl bu, odam umrin bezagi,

Bir fasl bu, yoʻqdir qishi-kuzagi,

Bir fasl bu, gul yoshlikning yuragi,

Jilgʻaday yoʻl ochib, chopib boradir.

 

Turkmanchadan Qurbon MUHAMMADRIZO tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.