Yaxshisin izlab

0
168
marta koʻrilgan.

Siz hayotdan xafasiz, deding,

Toparmishman nuqul kamchilik.

Yuragimni qilar boʻlsam keng,

Koʻrarmishman faqat yaxshilik.

 

Toʻgʻri, ancha injiqdir koʻnglim,

Har narsaga koʻnmasligi rost.

Ammo bu joʻn hayotdan, gulim,

Men yaxshisin izlayman, xolos.

 

Eng sarasin qidirdim mudom,

Mudom nurga tashna koʻzlarim.

Yaxshisini koʻrmagan boʻlsam,

Seni qaydan topdim, goʻzalim?!

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.