Xadicha

0
306
marta koʻrilgan.

Seyidi

(1775–1836)

Saidnazar Habibxoʻja oʻgʻli 1775 yilda Turkmanistonning Lebob viloyati Qorabekavul tumanida tavallud topgan. Dastlab Xivadagi Shergʻozi madrasasida, keyin Buxoro madrasalaridan birida taʼlim olgan. Yoshligidan badiiy ijodga qiziqqan, sheʼriyatda Maxtumquli yoʻlidan boradi. U turkman sarkardalaridan boʻlib, butun umrini sheʼriyat bilan birga xalqini istibdoddan qutqarish ishiga baxshida qilgan vatanparvar shoir.


 

Xadicha

 

Yayrab kelmagingga qoʻymaydi raqib,

Goʻzallar ichida sulton Xadicha.

Roʻymol ostidagi gul koʻzgu meni-

Aylar sen tomonga ravon, Xadicha.

 

Pinhon dardim oshkor aylasam, hali,

Bilganlar “oshiq” der, bilmagan “dali”.

Koʻtargin yuzingdan gullik roʻmolni,

Boʻlsin biz gʻaribga “nishon” Xadicha.

 

Dardim koʻpdir, tabibim yoʻq, aytayin,

Yurakda gʻam, ichlarimga yutayin,

Hijron oʻqi kelar, qayga qochayin,

Bagʻrimga sanchilar paykon, Xadicha.

 

Falak menga ming dard ulashtiribdir,

Bosib, gʻam loyina bulashtiribdir,

Olib aqlim, naylay, adashtiribdir,

Manga dushman boʻldi zamon, Xadicha.

 

Seningdek nozanin jahona kelmas,

Koʻrsam koʻzim toʻymas, koʻnglim ayrilmas,

Koʻrk – chiroyda sening bilan teng boʻlmas,

Sakson qiz, sakson ming juvon, Xadicha.

 

Bu qanday sirdirki, bilobilmadim,

Oʻlay dedim, ammo oʻlobilmadim,

Afsus, jafo chekdim, olabilmadim,

Yurakda koʻp qoldi armon, Xadicha.

 

Turkmanchadan Qurbon MUHAMMADRIZO tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.