“Vasf qilay surating latofatini”

0
142
marta koʻrilgan.

* * *

 

Xati – binafsha, xadi – lola, zulfi rayhondur,

Bahori husnida yuzi ajab gulistondur.

 

Iki mengi, oyu dogʻi, yuzu soʻzi, gulu mul,

Qadi ravonu, tani jonu irni marjondur.

 

Qoshida chinu, koʻzida kinu angabin labida,

Soʻzida zahr va lekin tilida darmondur.

 

Qoshingga koʻp bora olmon, netay, aroliqda,

Yoshim tishing duridin ayru bahri ummondur.

 

Oʻtumni tez etasen har tarafgʻa sekretib ot,

Samandi noz inonini bir beri yondur.

 

Ne navʼ vasf qilay surating latofatini –

Ki, husnunga sening, ey, ruh, aql hayrondur.

 

Jafoyu javr agar qilsa, Boburo, netayin,

Ne ixtiyor manga, har ne qilsa, sultondur?

 

* * *

 

Qoʻy, ey, oqil nasihat soʻzlarinkim, dilpisand ermas,

Mening devona koʻnglumga nasihat sudmand ermas.

 

Necha devona koʻnglumni qilursen nafy, ey, oqil,

Agarchi telbadur, bori seningdek xudpisand ermas.

 

Qilursen talx ayshim komini behuda soʻzlardin,

Sarosar soʻzlaring zahredur, ey, nosihki, pand ermas.

 

Boʻlubmen bir parining anbarin sochigʻa vobasta,

Meni telbaga emdi hojati zanjiru band ermas.

 

Jahonda koʻp gado garchi lavandatvorliq bordur,

Va lekin, Boburo, hargiz seningdek shahlavand ermas.

 

* * *

 

Sening ishqingda, ey, nomehribon, bexonumon boʻldum,

Demon bexonumon, ovvorai ikki jahon boʻldum.

 

Labing gar bermasa boʻsa, nechuk jon elta olgʻayman,

Bu yoʻldakim, adam sahrosigʻa emdi ravon boʻldum.

 

Soʻrub ul oy labidin, ogʻzining ramzini angladim,

Bir ogʻiz soʻz bila, koʻrungki, buncha xurdadon boʻldum.

 

Nechakim, qoshi yolar ishqida tuzlukni koʻrsattim,

Vale, oxir malomat oʻqlarigʻa – oʻq nishon boʻldum.

 

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonigʻa,

Bu Shirindurki, oning birla – oʻq hamdoston boʻldum.

 

Visoling davlatigʻa yetmasam Bobur kibi, ne tong –

Ki, hajring mehnatida asru, zoru notavon boʻldum.

 

* * *

 

Oldi koʻnglumni, sogʻindimkim, manga dildor emish,

Bilmadim, bu navʼ mendin ul pari bezor emish.

 

Oshiq oʻlgʻoch, koʻrdum ul shamshod qaddin yuz balo,

Olloh-Olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish!

 

Iltifot etmasligin boziy xayol aylar edim,

Emdi bildimkim, anga mendin bu yangligʻ or emish.

Ul pari ishqida yoʻq oʻlmoqdin oʻzga choraye,

Chun oʻzi – qotil, soʻzi – muhlik, koʻzi – xunxor emish.

 

Husn ahli, ey, koʻngul, olam aro ishq ahlining

Koʻngluni soxlar emish, har kimgakim, dildor emish.

 

Ul vafosiz yordin chekmak ne, yaʼni, muncha gʻam,

Husn ahli, chunki, Bobur, dunyoda bisyor emish?

 

* * *

 

Yangi oy yor yuzi birla koʻrub el shodu xurramlar,

Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida gʻamlar.

 

Mening bu tori moʻ(y) yangligʻ tanimgʻa toblar soldi

Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidagʻi xamlar.

 

Havogʻa dudi ohin tutratur ishq ahli gʻayratdin,

Sabo tahrikidin har gah parishon boʻlsa parchamlar.

 

Ochildi zulfiyu xaylar namudor oʻldi yuzida,

Gul uzra chun boʻlur paydo kecha ochilsa shabnamlar.

 

Menu kunji gʻamu, ohu, figʻonu ashki xunolud,

Ne xushdur goʻshai xoli, mayi sofiyu hamdamlar.

 

Koʻngulni ishq buzdi, ne asigʻ pandu nasihatdin,

Mening majruh koʻnglumga yarashmas ushbu marhamlar.

 

Yuzi Navroʻzi, vasli iydini, Bobur, gʻanimat tut –

Ki, mundin yaxshi boʻlmas, boʻlsa yuz Navroʻzi bayramlar.

 

* * *

 

Gʻunchadek koʻnglum mening gulzor mayli qilmagʻay,

Gʻam bila butgan koʻngul gulgasht ila ochilmagʻay.

 

Ranga-ranga gullaringni, bogʻbon, arz etmakim,

Tah-batah qonligʻ koʻngul gul orzusin qilmagʻay.

 

Yoʻqtur ulkim, gul yuzungdin ayru boqsam gul sari,

Gʻuncha yangligʻ koʻngluma yuz xori gʻam sanchilmagʻay.

 

Orazu qaddingni taʼrif etsalar yuz yil, hanuz,

Ey, yuzi gul, sarvqad, yuzdin biri aytilmagʻay.

 

Sendin ayrildim esa boʻldim nasibim xori gʻam,

Sendin, ey, gul, emdi Bobur bir zamon ayrilmagʻay.

 

Zahiriddin Muhammad BOBUR

 

“Sharq yulduzi” jurnali, 2016–2

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.