Tong otmoqda

0
1146
marta koʻrilgan.

Tong otmoqda. Tong oʻqlar otar,

Tong otmoqda. Quyosh – zambarak.

Yaralangan Yer shari yotar,

Boshlarida yashil chambarak.

 

Tong otmoqda. Musaffo tongga,

Yuragini tutar odamlar.

Shu tong uchun kelgan jahonga

Va shu tong deb oʻtar odamlar.

 

Tong otmoqda…

 

Rauf Parfi

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.