«Tarahhum qil ahvolima bir nafas»

0
286
marta koʻrilgan.

FERUZ masnaviylaridan

 

* * *

 

Onga hamdkim hayyi dono durur,

Bori ilmi qudratda yakto durur.

 

Yaratti toʻquz harfni mustadir,

Birovni shah etti, birovni vazir.

 

Jahondorlardur kamin bandasi,

Sarafrozlardur sarafkandasi.

 

Birovga berib husni beintiho,

Birovni qilib ishq ila mubtalo.

 

Anga bermayin zarra yangligʻ vafo,

Muning peshasin qildi chekmak jafo.

 

Ul aylab sitam oshiqigʻa shior,

Bu aylab anga naqdi jonin nisor.

 

Birovni qilib oshgoda pokboz,

Onga koʻrguzub yori ajzu niyoz.

 

Boʻlub bir-biriga base mehribon,

Qilib doʻstligʻ oshkoru nihon.

 

Agar tushsalar bir-biridin yiroq,

Chekib koʻkka afgʻon debon al-firoq.

 

Na haddim demak anga loyiq sano

Ki, borman base ojizu benavo.

 

Xudo hamdidin soʻngra tortib qalam,

Payambar vurudini aylay raqam.

 

Zixi sururikim erur koinot,

Tufayli erur gar jamodu nabot.

 

Shafiʼul-umam Sayyidul-Mursalin,

Boʻlib payk anga Jabroil oyin.

 

Gahi arshi aʼloga aylab uruj,

Gʻazo qilgoli goh aylab xuruj.

 

Jahon mulkini islomobod etib,

Baso, yaxshi ishlarni bunyod etib.

 

Chekib osiyi ummat uchun koʻb taʼb,

Oʻtub umri qaygʻu birla roʻzu shab.

 

Shariat bila dingʻa berdi rivoj,

Shahanshohlar boshidin oldi toj.

 

Ilohiy erurman base sharmisor,

Gunah dudi birla siyoh roʻzgor.

 

Mani aylab ul doʻstunggʻa qariyb,

Shafoat manga ondin etgil nasib.

 

Salom oʻlsun avlodu asʼhobiga.

Bori ahli ahfodu ahbobigʻa.

 

Alargʻa xudo rahmati dambadam,

Fuzun oʻlsun, boʻlmasun hech kam.

 

Alardin soʻng, ey nodiri roʻzgor,

Yoʻlunggʻa duo durrin aylab nisor.

 

Debon haddin ortuq duoi salom,

Sanga arzi holimni aylay payom.

 

Salom, ey shahi qaddi zebo jamol!

Salom, ey guli boʻstoni kamol!

 

Salom, ey parivash maloyik sifat,

Soʻzidin oʻluk tanga bergan hayot!

 

Salom, ey sabohat bahrida mehr,

Salom, ey falak kadar xurshid chehr!

 

Salom, ey sumanboʻyi shirinsuxan,

Salom, ey jafoshevayu javrfan!

 

Salom, ey koʻzi jongʻa boʻlgon balo,

Sochi kufri imonga boʻlgon balo!

 

Salom, ey hayo boʻstonida vard,

Bari xoʻblar ichra yaktoyu fard.

 

Duodin soʻng, ey dilbari xush maqol,

Qilurman sanga bu sifat arzi hol.

 

Eshit barcha arzimni solib quloq,

Qilay sharhi rozimni boshdin oyoq.

 

Desam soʻz chuchuk yo der ersam achigʻ,

Zamiringga kelturma oni qatigʻ.

 

Sanga arzi holimni aylay bayon,

Nihon borcha sirimni dogʻi ayon.

 

Ayo shoʻxi yakto, barnoi dahr,

Yetushgay yuzung nuridin koʻzga bahr.

 

Edim bazmi vasling aro asru shod,

Tiriklikdin erding manga san murod.

 

Topar erdi bazmingda koʻnglum surur,

Jamolingdin erdi koʻzum ichra nur.

 

Tunu kun yoningda anising edim,

Xaloyu maloda jalising edim.

 

Edi shod koʻnglum topib suhbating,

Ulugʻ davlat anglar edim qurbating.

 

Sochingdin maqomim muattar edi,

Koʻzum orazingdin muavvar edi.

 

Labingdin edi jonim ichra huzur,

Soʻzungdin topar erdi koʻnglum surur.

 

Gohi qoʻl solib noz ila boʻynuma,

Kirar erding oʻynab gahi qoʻynuma.

 

Yuzungni agar koʻrmasam bir zamon,

Koʻzumga qorongʻu edi bu jahon.

 

Gahikim, jamolinggʻa qilsam nazar,

Boʻlur erdi jonu koʻngul bahravar.

 

Gahi islabon mushkdek kokiling,

Boʻlur erdim oshiftai bediling.

 

Gahi koʻz solib anbarnn xolingga,

Gahi orazi mehri timsolingga.

 

Junundin gar yetsa oshuftahol,

Qilur erdi bu lek dafʼi malol.

 

Koʻzung noz ila koʻnglum olgʻon zamon,

Berur erdi laʼling yana toza jon.

 

Tizzam ustida aylar erding maqom,

Eding murgʻi davlat kibi asru rom.

 

Visoling xayol aylar erdim chunon,

Sani onda hur aylar erdim gumon.

 

Manga san dogʻi koʻb eding mehribon,

Edim goʻyi man jismu san anda jon.

 

Base vaʼdai vasl aylab mudom,

Yoningdin ayirmas eding subhu shom.

 

Desang soʻz manga anlar erding xitob,

Eshitur eding posuxi bo savob.

 

Boʻlub tun-kun iqboldek hamdaming,

Edim baxtdek munisu mahraming.

 

Na der ersam aytur edim borho.

San oniig birin etmas erding baho.

 

Kilib goh-gohi manga iltifot.

Der erding ayo shoʻxi olip sifot.

 

Ki: “Ey oshiqi xasta holim mening,

Rahi ishq aro poymolim mening.

 

Oʻziga visolimni anglab mahol,

Kechurgan kunin yigʻlabon mohu sol.

 

Qolib furqatim ichra zoru nizor,

Kechurgan qaro aylabon roʻzgor.

 

Labim yodi bagʻrini qon aylagan,

Visolim uchun sadqa jon aylagan.

 

Sochim fikrida boʻlgon oshuftahol,

Gʻami furqatim ichra chekkan malol.

 

Chekib dardi xijron aro koʻb taʼb,

Shabu roʻz vaslimni etgach talab.

 

Bu damkim, berib haq muroding sening,

Boʻlub dastgnr zʼtiqoding sening.

 

Qilib tangri lutfini yovar sanga,

Visolimni etmish muyassar sanga.

 

Qilib emdi bazmi visol ichra shukr,

Tamoshoyi husni jamol ichra shukr.

 

Bu soʻzlar bilan durafshonligʻ qilib,

Burun bu sifat mehribonligʻ qilib.

 

Nedin soʻngra aylab manga qasdi jon,

Firoq oʻtigʻa koʻksum etding nishon.

 

Na goʻstohlik zohir etdim sango,

Hazin jonimga hajr koʻrding ravo.

 

Dedimmu yuzung mehrini oftob?

Qading sarv deb ayladimmu xitob?

 

Muqavvas qoshingni dedimmu xilol?

Yetushti sanga muncha mandin malol?

 

Dedimmu sani yoki gunchadahon?

Mening bagʻrim etding firoq ichra qon?

 

Dedimmu ikki chashming ohuyi Chnn?

Chekibsan mehnat qatlima tigʻu kin?

 

Soching boʻyi ranhon berurmu dedim?

Oʻlukka soʻzung jon berurmu dedim?

 

Visol ichra qadringnimu bilmadim,

Va yo xizmatingni bilib qilmadim.

 

Gunohim nedur, avkal etgal bayon,

Soʻngida na qilsang oʻzing bil ravon.

 

Qilurmu kini muncha badxoʻyligʻ,

Na badxoʻylngkim, jafojoʻyligʻ.

 

Berib goh qahr aylabon xoʻb azob,

Qilib noz ila goh bagʻrin kabob.

 

Jafoyu sitam tigʻin oʻz yorigʻa,

Chekib ilkini sungʻay ozorigʻa.

 

Tariqi muruvvat bu navʼ oʻlgʻomu?

Vafoyu futuvvat bu navʼ oʻlgʻomu?

 

Burun koʻrguzub ancha mehru vafo,

Soʻngida qilib muncha javru jafo.

 

Bilursan raqibim bila boda noʻsh,

Ichim qon boʻlub man chekarman xurush.

 

Boʻlub bazmi vaslingda xushdil raqib

Yetib man hazindin oʻlargʻa qariyb.

 

Falon qayda deb aylamay hech yod,

Ichib oʻzgalar birla jomi murod.

 

Kilib emdi kahru itobingni bas,

Tarahhum qil ahvolima bir nafas.

 

Gul husn erur asru, beeʼtibor,

Ki, bormu jahonda xazonsiz bahor.

 

Gʻanimat bilib husn davronini,

Koʻb oʻrtatma ishq ahlining jonini.

 

Sanga ham falak zulme etiboshkor,

Banogah birov ishqida qilsa zor.

 

Koʻra olmayin yordin iltifot,

Topo olmayin ishqdin ham najot.

 

Qolib dardi hijron aro mohu sol,

Visoliga yetmoqlik oʻlsa mahol.

 

Xayoli labidin koʻzung toʻksa qon,

Qoshi yodidin qadding oʻlsa kamon.

 

Musalsal sochi fikridin pechtob,

Tushub jismingga aylasang iztirob.

 

Firoq ichra dardu alammu bu,

Agar qilsalar boshing uzra gʻulu.

 

Meningdek tushub ayru dildordin,

Yiroq boʻlmayin bir dam ozordin.

 

Zamiring boʻlub hajr aro beqaror,

Tong otgʻuncha yigʻlar esang zor-zor.

 

Hamul dam bilib holim, ey bevafo,

Tushub yodinga manga qilgʻon jafo.

 

Bilursan firoq ichra na bor ekan,

Nechuk joni zorimda ozor ekan.

 

Kel emdi karam oshkor aylabon,

Muhabbat rusumin shior aylabon.

 

Qilib qadrim avvalgʻidin ham baland,

Yana aylabon lutf ila arjumand.

 

Visoling harimigʻa xos et mani!

Judoliq gʻamidin xalos et mani!

 

Sani dogʻi ul qodiri zul-jalol,

Qilib husn boʻstonida barkamol.

 

Xazondin vujuding gulin asrasun,

Mudom oʻz panohn aro saqlasun!

 

Zamiringga yetkurmanin hech ranj,

Nihoyatsiz etsun ato sanga ganj.

 

Qilib suhbat Feruz ila shodmon,

Qiyomatgacha aylasun komron.

 

Agarchi bu yangligʻ soʻzum topti tul,

Ravo koʻrmayin ayb, qilgʻil qabul.

 

Burungʻudek aylab yana iltifot,

Hazin koʻngluma darddin ber najot.

 

Bu erdi payomimki, yozdim tamom,

Bas etdim duo birla soʻz vassalom.

 

Yana qolmasun, ey, saodat nishon,

Zamiringgʻa mahf bu soʻz nogahon.

 

Agar mundin ortuqroq aylab jafo,

Yana hajr ila aylasang mubtalo.

 

Meni bilki, hech qolmamish quvvatim,

Koʻngul ichra na sabr ila toqatim.

 

Bu yanglig firoq ichra tortib azob,

Adam sori gar aylar ersam shitob.

 

Boʻlub hashr aro dodxohing saning,

Xudo nazdida tutgʻayman domaning.

 

 

* * *

 

Soqiyo, tut manga karam jomin,

Toʻldurub vasli rohi gulfomin.

 

Rangi boʻlsun aqiqdin rangin,

Taʼmi – obi hayotdin shirin.

 

Jon topib lazzatidin oning qut,

Dilkusho boʻlsun oʻylakim yoqut.

 

May dema oni sharbati jon de,

Sharbati jon de, laʼli jonon de.

 

Lab-balab aylay oni paydar-pay,

Birla chiqsun boshimgʻa bazm aro may.

 

Ki firoq ichra zormen asru,

Muddatidur, xummormen asru.

 

Toki noʻsh aylab oni mastona,

Boshlayin behudona afsona.

 

Boshima ne kelibdurur bir-bir,

Xoma birla borin qilay tahrir.

 

Gah yozib hajru dard ila alamin,

Gah bitay yori bevafo sitamin.

 

Gah falak iyakidin shikoyat etay,

Haqgaki, shukri benihoyat etay.

 

Bu sifat soʻzlar aylabon holi,

Koʻnglum aylay maloldin xoli.

 

Vah, na xush kun edi zamone visol.

Xush kechib bazmi vasl aro mohu sol.

 

Yorima baxtdek boʻlub hamdam,

Doim iqboldek edim mahram.

 

Koʻnglum erdi visolidin gulshan,

Koʻzum erdi jamolidin ravshan.

 

Jon topib laʼlnning ziloli bila,

Shod edim jonfizo maqoli bila.

 

Koʻrmak ila koʻngulda surur,

Jon topar erdi suhbatida huzur.

 

Koʻzi qatlimgʻa aylasa imo,

Laʼli jonbaxshi edi Masihoso.

 

Mijasi jonima oʻn otsa ravon,

Koʻksim aylar edpm ul oʻqgʻa nishon.

 

Koʻrubon qoshini nechukkim “nun”,

Qaddim aylar edim qoshida nigun.

 

Yonima kelsa ul qadi shamshod,

Ravza toʻbisin etmas erdim yod.

 

Sunbul zulfin eslabon har dam,

Dahr anduhidin edim begam.

 

Anbarin holini koʻrub har yon,

Sogʻinur erdim ani nuqtai jon.

 

Tishin inju xayol etar erdim,

Labini fahmi bol etar erdim.

 

Ogʻzikim bor edi xat ichra nihon,

Zulmat ichra bu chashmai hayvon.

 

Goh zohiri takallum aylar edi,

Goh pinhon tabassum aylar edi.

 

Doʻstim erdi zohiru pinhon,

Goʻy man jism erdimu ul jon.

 

Kechayu kunduz ichra bir soat,

Mansizin yoʻq edi onga toqat.

 

Gah solib gul kibi uzorigʻa koʻz,

Gah nihoni debon quloqigʻa soʻz.

 

Siypabon gah kumush badanni,

Oʻpubon gah shakkari dahanni.

 

Der edim: – Paykaring erur siymin!

Der edi: – Bu soʻzung emastur chin!

 

Der edim: – Bordurur labnng chun qand!

Der edi: – Kilma qandgʻa momand!

 

Der edim: – Orazingmu yoki quyosh?

Der edi: – Kunda bormudur koʻzu qosh?

 

Der edim: – Koʻzlarigʻgmu ohuni Chin?

Der edi: – Onda bormu zulm ila kin.

 

Der edim: – Qomatingmu sarvi ravon?

Der edi: – Sendadurmu jilva ayon?

 

Der edim: – Kokilingmudur pechon?

Der edi: – Ganji husnum uzra ilon!

 

Der edim: – Yuz uzra tushubmu nuqat?

Der edi: – Xol erur soʻz etma gʻalat!

 

Der edim: – Qoshlaring erurmu hilol?

Der edi: – Ul boʻlurmu zebi jamol?

 

Der edim: – Tishlaringmudur inju?

Der edi: – Oncha sof emas loʻlu!

 

Der edim: – Lablaring erur kavsar!

Der edi: – Onda yoʻq safodin asar!

 

Der edim: – San parimusan, ey jon?

Der edi: – Man parisifat inson!

 

Der edim: – Hurdek erursan xoʻb!

Der edi: – Mancha ul emas margub!

 

Aylar erdim man ondin oncha savol,

Berur erdi javobin ul filhol.

 

Der edi: – Sansan oshiqi zorim,

Dahr aro sandin oʻzga yoʻq yorim.

 

Koʻzi gar borsa uyqugʻa nogoh,

Ishqidin tortibon man oʻtlugʻ oh.

 

Bulbuloso chekib navoyu figʻon,

Bul husnigʻa bor edim hayron.

 

Labidin boʻsa aylab ohista,

Topar erdim farax mani xasta.

 

Rashkdin subh etib yaqosini chok,

Tuzmas erdi bu bazmima aflok.

 

Bu sifat yori mehrini afzun,

Koʻrubon zulm fosh etib gardun.

 

Mani oxir ul oydin etti yiroq,

Soldi jonimgʻa dogʻi dardi firoq.

 

Zori joninga zulm koʻrdi ravo,

Mani ul yor jondin etdi judo.

 

Mani dildori mehribonimdin,

Oyirib oʻt chiqordi jonimdin.

 

Chun mening budim etti charx nobud,

Har necha kuysam emdi yoʻqtur sud.

 

Koʻnglum ar topmasa visol ila bahr,

Ne karax boʻlmoqi makonni shahr?

 

Kadi gar boʻlmas ersa jilvanamo,

Sarvni naylayin mani shaydo?

 

Yuzi boʻlmas esa manga manzur,

Ne kerak mardum koʻzum aro nur?

 

Quloqim gar soʻzin eshitmas esa,

Netayin soʻz agar Masih desa?

 

Topa olmas esam labidin kom,

Komim ermasturur mani gulfom.

 

Yuzidin apru naylayin gulni,

Zulfi atridin ayru sunbulni?

 

Koʻzi jonimga boʻlmasa ofat,

Naylayin umrima tilab muhlat?

 

Koʻpi boʻlmas esa manga maskan,

Naylabon ne qilay behishtni man?

 

Yetmasa vaslidin koʻngulga surur,

Ne qilay hamdamim agar esa hur?

 

Soʻrmasa yor holi zorimni,

Hajrida joni beqarorimni.

 

Ne kechar furqati aro manga hol,

Bilmas ersa gar ul pari timsol.

 

Bedilim yoʻqmu deb va yoxud bor,

Xabare tutmas agar dildor.

 

Mani mahzunin ul qadi shamshod,

Aylamas ersa oshiqim deb yod.

 

Kechurub man firoq aro ayyom,

Topsa agyor bazmi vaslida kom.

 

Boʻlubon manga zahri hajr nasib,

Sharbati vaslin etsa noʻsh raqib.

 

Yutubon man labi firoqida qon,

Boʻlsa agʻyor bazm aro xandon.

 

Man boʻlub ishqi birla afsona,

Shod esa suhbatida begona.

 

Bu sifat boʻlsa yor yot manga

Ne kerak dahr aro hayot manga.

 

Dilbarim gar bu navʼ qilsa jafo,

Manga darkor emas hayot aslo.

 

Vasl subhi gar oʻlmasa umid,

Ne qilay umrni tilab jovid.

 

Ohkim, javr etib bahri dani

Soldi oxir judolik ichra mani.

 

Emdi bor koʻnglum ichra ne toqat,

Jismi bemorim ichra ne quvvat.

 

Na oyoqda yurur majolim bor,

Sayr etib oʻlturur na holim bor.

 

Na manga munglashurgʻa bir mahram!

Na manga yigʻlashurgʻa bir hamdam!

 

Na manga bor jahonda bir gʻamxor,

To onga dardim aylasam izhor!

 

Kimnikim oʻzga doʻst bilsam man,

Joni zorimgʻa ul boʻlub dushman.

 

Aylabon har tarafga nazzora,

Dardima hech topmayin chora.

 

Bir makon ichra oʻlturub tanho,

Yigʻlamoqdur ishim sabohu maso.

 

Goh-gohi qoʻlumgʻa olib rud,

Tuzubon har dam oshiqona surud.

 

Rost ohanglik qilib ogʻoz,

Boʻlub ushshoqdek navo pardoz.

 

Oʻtlugʻ abyotlar oʻqub mani zor,

Chiqorib koʻkka ohi otashbor.

 

Derman: Ey charx, bu nechuk oyin,

Sangakim, bu sifat qilursan kin.

 

Kim, mening yori mehribonimni,

Oyirib yoqding oʻtga jonimni.

 

Bevafoligʻ rusumini tuzding,

Manga bu pavʼ zulm koʻrguzding.

 

Falaki kajravo sitamkoro,

Nega qilgʻung manga bu navʼ jafo?

 

Qaro dedimmu orazi oling?

Oq dedimmu yuzingdagi xoding?

 

Yo bu soʻzlar sanga esa taʼrif,

Man dogʻi bu sifat qilib tavsif.

 

Sani dey bir ajuza makkora,

Holing oqdur, vale yuzung qora.

 

Aybparvarsan, hunari dushdgan,

Doimo makru hiyladur sanga fan.

 

Kim sevar yori birla xamogush,

Bir zamon boʻlsa tark oʻlub sanga xuga.

 

Koʻrguzub turfa behayoliqlar,

Oʻrta yerga solib judoliqlar.

 

Koʻngliga yetkurub tuman ozor,

Qilgʻung oxir firoq aro ani zor.

 

Koʻzidin oʻchsa tonggʻacha uyqu,

San emassan oning uchun qaygʻu.

 

Turfa berahm erursan zolim,

Kim ilkingdin oʻlmadi solim.

 

Bir kishi yoʻqki mandin istifsor,

Aylabon degali na holing bor.

 

Turfaroq buki ul hujasta nihod,

Aqlu hushidshi aylagan barbod.

 

Eshitib muncha ohu faryodpm,

Oshiqlik deb bir anlamas yodim.

 

Muncha ham bevafoliq oʻlgʻaymu?

Bu sifat purjafoliq oʻlgʻaymu?

 

Avval doʻstlugʻlar aylab fosh,

Soʻngra tuzmak nedur bu navʼ maosh?

 

Burun aylab vafoyu mehr shior,

Soʻngra qillyuq pedur bu navʼ mador?

 

Koʻnglum aylab burun visol ila shod,

Soʻng nedur muncha jonima bedod?

 

Sobiqan aylab ahd ila paymon,

Kishi boʻlgaymu soʻngra ofatijon.

 

Ey koʻngul, haqga shukr aylayu bas,

Soʻz uzatmoq bu navʼ yaxshi emas.

 

Kilmagʻil charx javridin shikva,

Yer ham bevafo deb etma gila.

 

Boshingga ne kelur nihonu ayon,

Kismati haqdin oʻzga qilma gumon.

 

Tangri qilgʻon esa nekim taqdir,

Bera olmas kishi anga tagʻyir.

 

Bir qaddin koʻrki oʻt sochib har yon,

Raddin qichqurub boʻlub nolon.

 

Ul dogʻi beqaror oʻylaki sen,

Ishq aro doimo zoru tanho men.

 

Ishq bir oʻtdurur, nechukkim barq,

Aylamas shoh bila gadoki farq.

 

Tushsa ondin koʻngulga bir uchqun.

Kuydurub boshiga solur qaro kun.

 

Ishq aro garchi sabr erur mushkul,

Sen oni pesha aylagil, ey dil.

 

Boʻlubon sazmi vasl aro Feruz,

Tun kuning boʻlsun iyd ila navroʻz.

 

Yor ila noʻsh etib mayi gulfom,

Sanga shoyad muyassar oʻlgʻay kom.

 

Aylabon iltifotlar, jonon,

Surgaysan to abadgacha davron.

 

 

* * *

 

Sano hamdu xalloqi jahongʻa,

Xudovandi zaminu osmonga.

 

Birovga husn berdi benihoyat,

Birov koʻnglidin oldi sabru toqat.

 

Durud oʻlsun oning paygʻambarigʻa,

Rasuli ham nabilar sarvarigʻa.

 

Yaratdi haq oni aylab mukarram,

Tufayli birla oʻn sakkiz ming olam.

 

Oning avlodiyu asʼhobiga ham,

Duo birla salom oʻlsun damo-dam.

 

Bulardin soʻngra, ey sarvi gulandom,

Sanga boʻlsun salomim subh ila shom.

 

Salom, ey dilraboyi hur timsol,

Salom, ey mahliqoni farrux iqbol!

 

Salom, ey dilrabo pokiza anvor,

Salom, ey guluzoru sarv raftor!

 

Salom, ey gavhari koni sabohat,

Salom, ey durri dareyi saodat!

 

Salom, ey xoʻbluq boʻstonida vard,

Salom, ey husn iqlimi aro fard!

 

Agarchi manda, ey sarvi diloro,

Yoʻq avsofing qilurgʻa haddu yoro.

 

Duo durrin yoʻlungda aylab iysor,

Bu yangligʻ arzi hol aylarman izhor.

 

Hamuldamkim, yuzungni koʻrdum, ey hur,

Baloyi ishqing aylab jonima zoʻr.

 

Koʻngulda qolmayin sabru qarorim,

Ilikdin ketdi bilkull ixtiyorim.

 

Visoling gun-koʻn aylab orzular,

Koʻlungda tpnmay aylab justujoʻlar.

 

Junun koʻpi aro har yon yugurdum,

Tilab bazmi visoling poʻya urdum.

 

Bu yangligʻ hol ila, ey sarviqomat,

Talab aylab sani behaddu gʻoyat.

 

Manga iqbol oʻlub ham baxt yovar,

Visolingni xudo qildi muyassar.

 

Kecha kun man gʻarib, ey sarvi ozod,

Visoling bazmida erdim, base, shod.

 

Labingdinki, nasibim erdi sharbat,

Soʻzungdinki, topar erdim halovat.

 

Quchar erdim gohi nozuk belingni,

Soʻrar erdim gahi shirin tilingni.

 

Gohi ilkimni boʻynunggʻa hamoyil,

Qilur erdim yoʻq erdi hech hoil.

 

Dumogʻim zulfi mushkining muattar,

Qilur erdi gohi holi muanbar.

 

Oʻpar erdim gohi shahlo koʻzungni,

Gohi tishlar edim gulgun yuzungni.

 

Bilur erdim visoling rohati jon.

Boʻlur erdim qoshing yoyigʻa qurbon,

 

Kecha boʻlsa makonni qoʻynung erdi,

Yoturda ilkim uzra boʻynung erdi.

 

Yuzungga yuz qoʻyub, doʻshing uzra doʻsh

Tong otgʻuncha boʻlur erdim hamogʻush.

 

Tun oʻlgʻonda boʻlub husnungga nozir,

Yuzung koʻrmak bila xush erdi xotir.

 

Anisu hamdaming doim man erdim,

Jalisu mahraming doim man ordim.

 

Sanga mehru muhabbat erdi pesha,

Vafodin dam urar erding hamisha.

 

Qilib oʻz odaticha bevafoliq,

Oragʻa oqibat soldi judolik.

 

Firoq ichra qolib man zoru giryon,

Falakka yetkurub faryodu afgʻon.

 

Ki, shoyad topgʻayman vasling sori yul,

Debon poʻya ururman sogʻ ila soʻl.

 

Na tinmoq bor manga, na bir tayanmoq,

Ishim doim firoq oʻtigʻa yonmoq.

 

Oyoqimdin ketib emdi majolim

Yurarga qolmamishdur hech holim.

 

Kilib emdi qorongʻu uyda maskan,

Tuzub majnundek oʻz holimgʻa shevan.

 

Gahi aylab visol ayyomini yod,

Kilurman behuda ohu faryod.

 

Gahi laʼling gʻamida qon yutarman,

Kading hajrida gah motam tutarman.

 

Qadim yo aylamish fikri hiloling,

Koʻnguldin toqatim olmish xayoling.

 

Belu ogʻzing xayoli, ey nigorim,

Meni nobud etibdur yoʻqu borim.

 

Xususan ushbu dardim asru dushzor,

Banogah yoʻl topib vaslinggʻa agʻyor.

 

Koʻzi kimning yuzungga nozir oʻlgʻay?

Kim altofing bila xush xotir oʻlgʻay?

 

Kim erkan bodan vasling bila mast?

Janobing tufroqigʻa kim ekan past?

 

Soching zanjiri birla kim ekan band?

Oʻpub holing kim erkan shodu xursand?

 

Bu yangligʻ fikr birla subh to shom,

Gʻamingda oʻtkarurman yigʻlab ayyom.

 

Koʻrub man zordin mundoq tazallum,

Birov yoʻqkim, manga etgay tarahhum.

 

Na yetkurgay sanga mandin salome,

Na kelturgay manta sandin payome.

 

Sanga holimni derdek bir kishim yoʻq,

Figʻon chekmakdin oʻzga varzishim yoʻq.

 

Maal-qissa firoqingda mani zor,

Boʻlurman bu sifat gʻamga giriftor.

 

Bu yerga tegru holim, ey sitamkor,

Yetib san boʻlmading hargiz xabardor.

 

Burungʻi ahdu paymoning unutding,

Muborak xotiring mandin sovutding.

 

Bilib hajringda tun-kun iztirobim,

Birovdin soʻragin holi xarobim.

 

Gunohim ne edikim, ey parizod,

Mani bir noma birla qilmading shod.

 

Bu pavʼ oʻlgʻaymu rasmi dilraboligʻ,

Tilab oʻz oshnosidin judoligʻ.

 

Raqibi birla yoru munis oʻlgʻay,

Birov bazmida shamʼi majlis oʻlgʻay.

 

Sanga bu ishlar ermas erdi lozim,

Visolingda raqib oʻlgay mulozim.

 

Xaloyiq taʼnidin ke bir uyolding,

Ne etgan vaʼdani yodinggʻa solding.

 

Ajabkim, sandin, ey mahbubi nodir,

Bu yangligʻ bevafoligʻ boʻldi sodir.

 

Kel emdi, qayt bu afʼoli baddin,

Oshurma nomunosib ishni haddin.

 

Yana man zoringga aylab muruvvat,

Muhabbat rasmi birla tutgʻil ulfat.

 

Burungʻi vaʼdalarni yodingga sol,

Mani qil bazmi vasling ichra xushhol.

 

Duom uldur: “Sening yoshing uzalsun,

Koʻrub farrux yuzung koʻz bahra olsun.

 

Xudo afzun etib husni jamoling,

Damadam ortsun fazli kamoling.

 

Qulungman, san shoh, ey qaro koʻz,

Yana mehru muhabbat sozini tuz.

 

Mudom iqbolu Feruznig boʻlub yor,

Jahonda dushmaningdin qolman osor.

 

Boʻlub olti jihatdin xotiring xush,

Tarab jomin falak tutsun sanga koʻsh.

 

Yetub umring tarab birla mohu sol,

Mudom ul masnadu izzatda xushhol.

 

Gahi yod aylagil bu zorini ham,

Tarahhum birla ey barnoyi olam.

 

* * *

 

Ey qodiri farruxi dono,

Xalloqi jahon basiru binno.

 

Ne avvalingda erur bidont,

Ne bordur oxiringga nihoyat.

 

Mavjudsan, oʻzga borcha nobud,

Borsan ikki kavn eliga maʼbud.

 

Muhtojing erur gadoyu sulton,

Lutfu karamingga yoʻq haddu son.

 

Man zorga koʻrguzub inoyat,

Aylab shafqat, bilo nihoyat.

 

Bergil nlkimga jomi tavfiq,

Qilgʻil meni shodkomi tavfiq.

 

Kim, asru zaifu zor erurman,

Osiyu gunohkor erurman.

 

Dashti havas ichra qolmisham zor,

Hirs ilkiga boʻlmisham giriftor.

 

Boshdin-oyoqim erur zalolat,

Toatda ishimdurur kasolat.

 

Tun-kun mayi gʻaflat aylabon noʻsh,

Majnundek oʻlub mudom madhush.

 

Daryoyi gunahga oʻzni solib,

Gʻarqoyi jaholat ichra qolib.

 

Boʻlmishmen asiri nafsi shayton,

Jurmu gunahimga yoʻq haddu son.

 

Toatda garchi notavonman,

Aylarda gunoh pahlavonman.

 

Man xud bu sifatman asru gumroh,

Holimdin oʻzung erursan ogoh.

 

Rahm ayla bu navʼ holatimgʻa,

Chohi gʻam aro malolatimgʻa.

 

Koʻb manda agarchi jurmi isyon,

Joʻshon sanga lek bahri gʻufron.

 

Sansan iki kavn aro panohim.

Rahm aylabon afv qil gunohim.

 

Koʻnglum uyin aylagil sarosar,

Tavhid charogʻidin munavvar.

 

Toatda qaddimni aylagil xam,

Lutfing manga hargiz etmagil nam.

 

Man zorgʻa tavba ato qil,

Fayzingga zamirim oshno qil.

 

Dahr eliga garchi podshoman,

Ehzoniga mustahiq gadoman.

 

Adlim bila faqr elini qil shod,

Ehsonim ila jahonni obod.

 

Borcha tilagimni ayla maqbul,

Majmuʼm murodim ayla mahsul.

 

Dunyoda maqomimi rafiʼ et,

Uqboda rasulingi shafiʼ et.

 

Koʻbtur manga rahmatingdin umid,

Kilma mani notavonni navmid.

 

Qil baxt ila toleʼimni Feruz,

Har bir kunim ayla iydi Navroʻz.

 

Koʻnglumda ne ersa komi maqsud,

Bir damda borisin ayla mavjud.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.