Talaba

0
194
marta koʻrilgan.

Koʻksimga bosaman shoyi roʻmoling,

Sogʻinsam boshimga oʻrab olaman.

Onajon Jizzaxga ketayapman men,

Mehringdan olisda nima qilaman?

 

Baʼzida qiynalar vijdon qurmagur,

Birinchi oktyabr – yilda bir bayram.

Qoʻngʻiroq qilaman, “Onajon, kechir!”

Bugun darslarim koʻp indin boraman.

 

Avtobus. Shabada. Shabada sochimni silar,

Onalarning mehri anglab boʻlmas sir.

Dengizda adashgan “Yelkan” misoli,

Uyiga oshiqar bitta musofir.

 

Dilfuza KAMOLJONOVA

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.