“Suhbat ichra alhazar, deb necha odam tong otar”

0
161
marta koʻrilgan.

PISANDIY hajviyalaridan

 

SAʼDIXON QOZI TOʻGʻRISIDA HAJV

 

Chiqdi olamga bachchagʻar qozi,
El aro shuhrati zahar qozi.
Nomini Saʼd deb gʻalat qoʻygan,
Nahsdan tugʻdi, ibni shar qozi.
Ota merosidir sagʻir moli,
Kimki oʻlsa, anga padar qozi.
Suvchayon yo ilon desam bilmay,
Bilgan aytur, tovonteshar qozi.
Kunduzi masnadi qazo uzra,
Kechasi, yaʼni yoʻltoʻsar qozi.
Boylar sudiga javob hozir,
Kambagʻal hukmini buzar qozi.
Xonavayron necha yetim, tullar,
Dod dastingdan, ey oʻjar qozi!
Qalʼacha kafshu oq banoras toʻn,
Hayf zar doʻppi, kalsar qozi.
Boʻlsa erdi tariqcha aqling agar,
Topar erding boʻlak hunar, qozi.
Bu gʻazalni eshit Pisandiydan,
Ablahi dahr, muxtasar qozi.

 

MUHYI HAQIDA HAJVIYa

 

Qurʼa ochturmish afandim bir Eron rammolidin,
Qoʻrsa tole nahs chiqmish folbin shashqolidin.
Qancha savlat birla borgan Ushga az roʻyi tamaʼ,
Bexabar erkanmu mehmon nomai aʼmolidin?..
Xoʻb qilibdur hurmatini, balli, Ush mingboshisi,
Koʻp havodis uchratibdur bu safar iqbolidin.
Kunduzi izvoshda sayru kechasi bazmi dutor,
Besaqol yonboshda, boʻyni chiy qalamning nolidin.
Suhbat ichra alhazar, deb necha odam tong otar,
Chiqqan oʻxshaydir sezib bu bachchagʻar ahvolidin.
Tun yarimda xonadon bonusi bu hangomani
Eshitib chiqdi, qoʻlida bir aso koʻk tolidin.
Soldi xoʻp aylantirib boshu beliga onchunon,
Qargʻadi, soʻkdi bu hojimni burab soqolidin.
Kafshi qolib, bosh yolon qochdi qorongʻu boqqa,
Boshga tekkanni soʻranglar oʻrigu shaftolidin.
Shoiri sharmanda sendek boʻlmagʻay dunyoda hech,
Yoʻq vujudingda asar insof bir misqolidin.
Qayga borsang, taʼna senga, bizga isnoding sening,
Chiqmadik hargiz bu bad noming xunuk ishkolidin.
Nopisand qilgan ishing, ey Muhyi donish ahliga,
Bu gʻazal bir mukchayib qolgan mahalla cholidin.

 

Hasbi holi mullo Mirzo Akram aʼlam hoji va talabi qazo ba iqtizoi Muhammadsolih ellikboshi va Mirehson sarkor va mullo Muhammadkarimjon qori.

 

Muhammadsolih otligʻ, ey birodar,
Bu rasvoligʻni sen qilding sarosar.
Balolarga duchor etting mani san,
Ayogʻimda kishan, boʻynumda arqan.
Borolmasman tiriklik ishlarimga,
Yemay-ichmay urubman tishlarimga.
Uying bugʻdoyga toʻlsun, ey Mirehson,
… Oʻlsun sani, maxdum Karimjon.

Uyimda qolmadi singʻon safolim,
Siza arz aylayin avvalgi holim.
Men erdim Yangiqoʻrgʻon manzilida,
Amin, mingboshnlarga nuridiyda.
Birinchi qozini oldida aʼlam,
Yozar erdim, masoyil boʻlsa mubham,
Eritmogʻlikda elni oʻt kabi mum,
Olur erdim, bitib mazharni bir soʻm
Mabodo bir jin urganni hidoyat,
Toʻlub kissam, agar qilsam rivoyat.
Qasam etsam akl jonib havola,
Yogʻar boshimga koʻpdin-koʻp navola.
Birov daʼvosi boʻlsa bir namakdon,
Subut aylab anga bir yaxshi qumgʻon.
Qoʻnoq arzancha boʻlsa, moli daʼvo,
Solib boshiga yuz janjolu gʻavgʻo.
Agar daʼvosi boʻlsa bir qazonni,
Boshiga toʻntaribman osmonni.
Agar hukm etsa qozi bir eshak deb,
Biturman ruqʼasinn Beshterak deb.
Rivojim koʻp edi har roʻzi bozor,
Sayoz kunga koʻyub ish boʻlsa dushvor.
Havoi qozilik boshimga tushti,
Mani itpashshalar oshimga tushti.
Tavozeʼ aylabon ellikboshiga,
Turub taʼzim etib qosh qoqishiga.
Bu itlarga murosovu madoro,
Berib pinhoniy rishvat, oshkoro.
Koʻfak itdek eshaklarni agʻo deb,
Ayiq, toʻngʻuzsifatlarni tagʻo deb.
Eshikdin kelsa nogah bir faliska,
Tutub ogʻziga avval fofiriska,
Koʻtarmas anga itlar quyrugʻini,
Salom aylab,soʻrarman buyrugʻini.
Bilolmasdin tugʻilgon manzilimni,
Yana hokim surushtirmish yilimni.
Xijolatdin chiqolmasman eshikdin,
Birov jirtak cholurmu deb teshikdin
Bu holatni soʻrar ul qaddi raʼno,
Kelurmukan debon qildim tamanno.

 

ABYOTI MULLO AVAZMUHAMMAD QORI MUTAXALLIS BA PISAND

 

Dar mazammati mullo Muhammadrasul mutavalli mulaqqab ba Duma ba iqtizoi mullo Fayzi qoriyi voiz.

 

Duma laqab shahr aro bir koʻfak,
Xoli emas kallasidin hech tuvak.
Maskani yoʻq taʼyin ango bir maqar,
Qozi bidan muftigadur dardisar.
Qavli-qasam, oqcha uchun jon sabil,
Barcha xusumatga boʻlur ul vakil…
Rasta, saroylarda kezar kunduzi,
Rangi sovuq, echkiemar yulduzi.
Kimda koʻrar eski tali, nosqovoq,
Cheksa tilab oni boʻlur vaqti chogʻ.
Otga yaqin, itni boʻyidin baland,
Chavkari fes, shakli juhud Mirzoqand.
Mundin izo topdi hama koʻru kar,
Munguzi yoʻq, dabba gadik bachchagʻar.
Toʻy qisalar xalq muni et qilib,
Sardak ilan jizzasini det qilib,
Osh boshida Mamasharifboy kuchuk,
Farti figʻon kalta koʻsovdek kuyuk.
Oʻlsa birov, murdashoʻvu goʻrkov,
Xurram oʻlur ul nafasi bu uchov.
Aylanibon margi mufojotdek,
Topsa oʻlumtikni bu kalxotdek.
Kalla sogan yerda yotar bu hurub,
Shomu sahar iskovuch itdek yurub.

Koʻp qidirib boʻldi ayogʻi chaqa,
Doru debon qoʻydi Hakimcha baqa…
Uydin agar chiqsa quyuqroq tutun,
Hozir oʻlur anda bu it kechqurun,
“Qirqi” chiqib ketsa, qutulmas oʻluk,
Tirmashibon anga bu maxov zuluk…
Yetti belanchakda bu koʻrmay beshik,
Munga makon asli edi Toshkichik.

Yetti yasharlikda bu it darbadar,
Sotar edi mum bilan qontefar.
Necha zamon madrasada yotti ul,
Fisqu fujur loyqasiga botti ul.
Ilmi adab daftaridin bir kalom,
Bilmadiyu boʻldi oxir kalʼavom.
Qotiliga lozim emasdur diyat,
Chunki amal anga edi tavsiyat.
Dahyakiy deb yer edi avqofni,
Daryo oʻtub Chustu Funuk Fofni.
Xoni zamon bildy xiyonat ishin,
Yotquzubon oldi ogʻizdin tishin.
Qichqurutub koʻyu guzar shahr aro,
Qoldi aning boʻyiida bu mojaro.
Yoshu qari oʻrtasida masqara,
Tavqi laʼin gardanida gʻargʻara,
Sakson aro umrini pinhon qilib,
Izzat uchun koʻhnai davron qilib.
Soli boʻlub Hoʻqan aro eʼtibor,
Xuku saku aspu baqar, mushu mor…
Moli sagʻir goʻshti baligʻdin halol,
Yemakiyu ichmakidur mohu sol.
Doʻzax aro munga maqardur saqar,
Qonu yiring oldidadur mohazar…
Yoshligida nomi edi Bulfuzul,
Hayf munga ismi Muhammadrasul.
Yozmaganim olti varaq band-band,
Hajvi ani tabʼima ermas Pisand.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.