Sogʻinch

0
373
marta koʻrilgan.

Tuturiqsiz dard boʻlar sogʻinch,

Tutib qolar kutilmaganda,

Suv quygandek osoyishta kech

Yo gʻalvali, toʻpolon kunda.

 

Sogʻinch – ayyor. Men uni aldab,

Avrab qochib keta olmayman.

Feʼlin yaxshi bilganim sabab

Yigʻlatsa ham hayron qolmayman.

 

Sen ham hayron boʻlmagin, dildor,

Sershovqin kun yo sokin tunda

Derazangni avaylab uch bor

Kimdir chertsa kutilmaganda.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.