Sizga oson

0
197
marta koʻrilgan.

Sizga oson unutmoq, ketmoq,

Sizga oson hamma-hammasi.

Mening esa boʻynimda sirtmoq,

Yuragimda ishqning tamgʻasi.

 

Qayga boray, qayga yuguray,

Yorugʻ dunyo shunchalik tormi?

Ayting, dardim kimga gapiray,

Sogʻinishning davosi bormi?

 

Ayb oʻzimda, oʻzimdan oʻtdi,

Yuragimni ishondim sizga.

Sevgimni va yoʻlni yoʻqotdim

Koʻngil berib koʻngli yoʻq qizga.

 

Tushunmaysiz, bilmaysiz axir

Sogʻinch nima, nima ayriliq.

Siz deb tinmay tigʻlasam bagʻir,

Azob cheksam – sizga shu qiziq.

 

Xayr endi, siz baxtli boʻling,

Orzularga yeting, guloyim.

Ammo sogʻinch neligin biling,

Sevib qoling siz ham, iloyim!

 

Orif Tolib

 

2010

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.