Sendan xokisorroq zotni koʻrmadim

0
69
marta koʻrilgan.

ONAM SURATIGA ChIZGI

 

Sendan xokisorroq

zotni koʻrmadim,

Nechun uylamaysan

oʻzingni bir dam?

– “Yedim, tanimga singmadi,

Kiydim, ustimda turmadi.

Bu dunyoga kelib mening

Topganim sizlar, bolam”…

 

ONAJON

 

Xayol surib keldim koʻchadan,

Xayol bilan kirdim xonamga.

O, bu xayol juda oʻxshardi

Qishloqdagi munis onamga!

 

Necha kunki men bilan birga,

Shu xayolni quchar xonadon.

Sogʻinchlarim sening rasmingni

Xayolimga chizar, onajon!

 

Amirqul KARIM

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.