Sigedzi Suboi
Qayoqqa boqmagin – hammayoq devor,
Qayoqqa boqmagin – miltiq oʻqtalgan.
Oʻrtada bir mudhish sukut hukmdor,
Oʻrtada bir quloch masofa qolgan.
Yaqinlab… yaqinlab kelmoqda ana,
Ana u oʻq uzdi…
Va lekin qoʻshiq
Yanada jaranglab,
Qirlardan oshib,
Koʻklarda kaptardek uchmoqda yana.
Hattoki, qoʻshiqqa oʻq uzar ular!
Hattoki, qoʻshiqqa oʻq uzar ular!
Shuhrat tarjimasi