Hayot ishonch toʻla yurakdir
0
Yurak inshosi
Ona tili oʻqituvchisiday
Yurak aytib turdi, men yozdim diktant.
Goho qalam bilan, goh monitorda
Jumlalar jamlanar ichgan kabi ont.
Buncha qiyin qoʻyish tinish belgilarini,
Undov oz, uch nuqta...
Yuragim hapqirar – sogʻinchga toʻla
* * *
Sogʻinib kelasan yonimga,
Ketasan, yana ham sogʻinib...
Yoʻlingga termulib yashayman,
Men gʻarib, men gʻarib, men gʻarib.
Sogʻinib yozasan maktublar,
Oʻqiysan, javobim sogʻinib...
Yoʻlingga koʻz tikib yashayman,
Ranglarim sargʻarib, sargʻarib.
Sogʻinib,...
Aylandingmi qizil gullarga
YASHAMOQ ZAVQI
Kokilidan zar sochilar tillosoch quyosh,
Toshlarga nurnaqsh chizguvchi, ey naqqosh quyosh.
Yomgʻirsoʻzin maysalarga yoʻllagan bulut,
Koʻkda turib maysa bilan kuylagan bulut.
Yalpizdan ham, rayhondan ham chaqqon lolalar,
Qaro...
Onam ekkan rayhonlar
Onam Ergashxon Yoʻldoshboy qizi xotirasiga
Hovlimizga jannat boʻyin taratgan,
Sabolarga ifor tutgan, yayratgan,
Koʻkdan oyu oftobni ham qaratgan,
Borligʻida malaklarmi nihonlar,
Rizvon ekan onam ekkan rayhonlar.
Kapalaklar arimasdi qoshidan,
Bolarilar...
Dunyoni qaytadan kashf etsang nogoh
* * *
Bir ishq boʻlsa,
Koʻksingni tilsang,
Yuraging kaftingda tutolsang unga.
Olib keta olsang jon chiqar qadar,
Oyga oʻyib bersang ismini tunga.
Bir ishq boʻlsa,
koʻksingni tilsang...
Bir tun boʻlsa,
Tuganmas, yaldo,
Sheʼrlar...
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”
* * *
Onam qarib qolgan. Tushida
Soʻzlashadi u otam bilan.
Koʻzlaridan oqqan yoshida
Men otamning aksin koʻraman.
Onam qarib qolgan. Qoʻrqaman,
Baʼzan azob boʻgʻzimni qisar.
Koʻzim yumsam uni koʻraman,
Shundan yoshga...
Avlodlar safida shiddat yangidir
POKIZA NOM
Vatan koʻp asrlar, kurashlar hamda
Nomaʼlum dehqonlar ijodi erur.
Uni yuksaltirmish yorugʻ olamda
Hazrat Navoiylar baxsh etgan gʻurur.
Alanga tiliday beqaror hislar
Sheʼrga aylangandek nogoh ilhomdan,
Vatan boshlanadi siz...
Xayrlashuv
Qutlugʻ boʻlsin toʻylari, Yarashibdi boʻylari. Maʼyus tortgan bu qizning Koʻpdir orzu-oʻylari. Koʻzga yoshlar tizmasin, Yoridan koʻz...
Jamoling jilvasi jismu jonimda
Hol
Bir xos ishq soʻradim – barkamol, salim,
Issiq-issiq yoshlar diydamni yuvdi.
Koʻksimdagi xarsang ipakday halim,
Har zarram toʻlgʻondi, har zarram sevdi.
Sevdim, vujudimda alvon nur oqdi,
Ruhimga oʻranib, koʻkka...
Turfa taqdir ipin yigirar
* * *
Daraxtning novdasin kesib
nay yasashdi
va
kuy chalishdi daraxt haqida.
Daraxtning barglarin siqib
rang olishdi
va
chizishdi daraxtning suratin.
Daraxtning poʻstlogʻin shilib...
Daraxtning juda kiygisi keldi
oʻz poʻstlogʻidan
tikilgan
kovushni.
* * *
Bir kosa shamol,...
Dezdemona romansi
Ivan KOZLOV
Oʻyga tolib oʻtirardi bechora qiz soyada,
Ezar edi hasrat uni, berilgandi nolaga:
“Kuylangiz siz majnun tolni,
Menga majnun koʻk tolni!”
Koʻkragiga qoʻllarini astagina qoʻydi u,
Boshini ham tizzasiga...
Jahon bolalar sheʼriyatidan
Fozil Husnu DOGʻLARJA
(Turkiya)
MENING ONALARIM
Quyosh – ona,
Irmoq – ona,
Oʻyinchoq – ona.
Koptok – ona,
Daraxt – ona,
Yoʻl-soʻqmoq – ona.
Buncha ham koʻp
Bu dunyoda
Onalar, ona?
...Kuni boʻyi oʻpolmadim
Yuzingdan, ona!
ONAM MENGA...
Dunyoni his eturman tuygʻularim yetguncha
Gʻazallar
* * *
Boʻlsam erdi mayliga qoʻlida qurbon bu kecha,
Xoxi qul etsin meni, xoxiki sulton bu kecha.
Yonida tursam qani kosagul-u, ulfat boʻlib,
May ichib shod boʻlsa...
«Qalam el dardini yozsa – qalamdir»
* * *
Qalamni sof iymon, ixlos bildim men,
Hazrat Navoiydan meros bildim men,
Eng pokiza izhor, dilroz bildim men,
Ham quvonch, ham nurli gʻussa – qalamdir,
Qalam el...
Suvlari muzdek daryo oʻynar qoramtir yolin
Vitezslav NEZVAL
Tubsiz daryo uzra
Suvlar taram-taram – egil-da, qoʻl choʻz,
Bogʻbon kabi bu mevani uz.
Ol-da tafti qaynoq kaftingga shu on,
Yetilsinu pishsin – ber imkon.
Bogʻlar uzra yogʻdu...
Yuragimda esa xotir qolgandir…
Ruslan Doʻst Ali
***
Havo qoralanar, qoradir bulut,
Goʻzal his yogʻadi sen yoʻqligingdan.
Qaragin, dunyoning yuragi yonar,
Istaysan bir nurni dil boʻshligʻingdan.
Balki, umrin berar, balki, jonini
Har tomchi tuproqning bir...