Orzu

0
279
marta koʻrilgan.

Dardli sheʼrlar meʼdamga tegdi,

Shodon-shodon qoʻshiqlar aytsam.

Uchqur qanot bogʻlab, qaniydi,

Oʻsha yorugʻ kunlarga qaytsam.

 

Meni ortiq ezmasa alam,

Koʻtarmasam ayriliq yukin.

Butun umr bilmasdan oʻtsam

Sogʻinch degan azob borligin.

 

Men Yer kabi bir izdan yursam,

Yoʻllarimiz har kun tutashsa.

Har kun oyday yuzingni koʻrsam,

Koʻzlaringdan koʻzim qamashsa.

 

Oʻngga doʻnib bu shirin ertak,

Sen bilan soz-suhbatlar qursam.

Oldingidek doʻstu yor boʻlsak,

Sevishimni bilmasang sen ham.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.