Oq yoʻl

0
177
marta koʻrilgan.

Sizga oq yoʻl tilay, qora koʻzligim,

Yaxshilarga boring va yaxshi boring.

Ey shirin soʻzligim, yolgʻon soʻzligim,

Siz ham hammasini taqdirdan koʻring.

 

Faqat ogʻir boʻlar ayrilib ketmoq,

Jondan kechmoq ogʻir kechadi faqat.

Koʻksimni parmalab tursa-da firoq,

Sizga baxt tilayman, oʻzimga toqat.

 

Ortiq siqilmayman. Boʻldi! Yetadi!

Bir marta kelaman, axir, dunyoga.

Nuqul dod-voy bilan umrim oʻtadi

Aza tutaversam har bevafoga.

 

Orif Tolib

 

2011

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.