Onamni qoʻmsab

0
168
marta koʻrilgan.

Onam Istoraxon

Mirzokarim qiziga

 

Murgʻak xayolimga muhrlangandir,

Maʼyusgina boʻlib oʻltirganingiz.

Yana yodimdadir rayhonlar ekib,

Bogʻchamiz gullarga toʻldirganingiz.

Barcha onalarga sheʼr yozsam arzir,

Lekin oʻz onamni qoʻmsayman hozir.

 

Sochimni jamalak oʻrganlaringiz,

Tutamlab-tutamlab qoʻyganlaringiz.

Qoʻgʻirchogʻimni ham suyganlaringiz,

Qalbimni bir Sogʻinch qoʻmsaydi hozir,

Koʻnglim, onam, sizni qoʻmsaydi hozir.

 

Qizil gul yoniga oʻtqazib olib,

Tohir Zuhrolarni ohangga solib,

“Qizil gul” qoʻshiQin aytganda tolib,

Oʻshal qoʻshiqlarni anglayman hozir,

Samolardan sado tinglayman hozir.

 

Hamon yodimdadir yongan koʻzingiz,

Soʻzlarni yondirib aytgan soʻzingiz.

Unda murgʻak edi, shoʻrlik qizingiz,

Barcha onalarga sheʼr yozsam arzir,

Lekin oʻz onamni qoʻmsayman hozir…

 

Maqsuda ERGASHYeVA

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.