Onam yozolmagan sheʼr

0
119
marta koʻrilgan.

Sochlarimda oq gullar,

Kel, ularni ter, bolam.

Yoʻlingga mushtogʻ yoʻllar,

Bolam boʻlib ber, bolam.

 

Koʻksimga oy berkitdim,

Yulduzlarga choy tutdim,

Otangdan ham koʻp kutdim,

Baxtim boʻlib ber, bolam.

 

Titragan sozingni qoʻy,

Boʻgʻiq ovozingni qoʻy,

Qalam-qogʻozingni qoʻy,

Oʻgʻlim boʻlib ber, bolam.

 

Yoʻl uchun tuqqanmidim,

Gul uchun tuqqanmidim,

Pul uchun tuqqanmidim,

Borim boʻlib ber, bolam.

 

Qaldirgʻoch singling behol,

Qanotidan xatni ol.

Ishing koʻpdir, ehtimol,

Kelmay qoʻyaver, bolam…

 

Behzod FAZLIDDIN

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.