Onam

0
104
marta koʻrilgan.

Onam menga aytmas ogʻriqlarini,

Shunchaki taskinlar malham boʻlolmas.

 

Boshqalar singari koʻnglini ochib,

Boshqalar singari yayrab kulolmas.

 

Hovlini supurib-sidirgay shamol,

Ul onam gʻamini supura olmas.

 

Hayot unga bergan mushkul bir savol,

Bir umr oʻylanar, javob topolmas.

 

Sochlari oqardi, oʻgʻil-qizlari

Bir tola oqini oʻchira olmas.

 

Qancha ayb qilsam, dilozorligim

Hech kim onam kabi kechira olmas.

 

Yuziga termulsam, shu onamchalik

Hech kim mehr bilan toʻydira olmas.

 

Onam menga aytmas ogʻriqlarini,

Shunchaki taskinlar malham boʻlolmas.

 

Bobomurod ERALI

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.