Onajonim

0
590
marta koʻrilgan.

Yoʻllarimga zor-intizor termulgan,

Non yoniga kulcha yopib ilingan.

Ollohimga umrim soʻrab sigʻingan,

Intiqqinam, mushfiqqinam onajon.

 

Dardlarimga darmon boʻlib tinglagan,

Ozor bersam duo bilan siylagan.

Tunlar bedor sochlarimni silagan

Bedorginam, dildoshginam onajon.

 

Qaldirgʻochdek charx urdingiz boshimda,

Goʻdakligim, hatto yetuk yoshimda.

Parvonasiz ona doim qoshimda

Jondoshginam, tandoshginam onajon.

 

Baʼzan sizni gʻanimat, deb bilmadim,

Yoningizda toʻyib suhbat qurmadim.

Farzand boʻlib nima qildim, qilmadim,

Mehribonim, bardoshginam onajon.

 

Muhabbat HAMIDOVA

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.