Onajon

0
251
marta koʻrilgan.

Goho sizning borligingiz unutdim,

Yoʻllarimda zorligingiz unutdim.

Umidlari kesilgan bu dunyoda

Yolgʻiz umidvorligingiz unutdim.

Gʻanimatim, omonatim – onajon. 

 

Oshno topdim, valekin doʻst topmadim,

Oqkoʻngilli bir qorakoʻz topmadim.

Shamollarga sovurdim gul soʻzlarni,

Lekin Sizga bir shirin soʻz topmadim.

Gʻanimatim, omonatim – onajon.

 

Baʼzan falak menga bagʻritosh keldi,

Ishonganim gʻanimga yoʻldosh keldi.

Omad ketsa, hamma kuldi ustimdan,

Faqat Sizning koʻzingizga yosh keldi.

Gʻanimatim, omonatim – onajon.

 

Fursat oʻtib, sochga qirov qoʻnarkan,

Sevgi otashlari asta soʻnarkan.

Barcha tuygʻu aldamchi va oʻtkinchi,

Ona mehri yolgʻiz sobit qolarkan.

Gʻanimatim, omonatim – onajon.

 

Xoki poyingizni koʻzimga suray,

Oʻzim yarim koʻnglingizni toʻldiray.

Bir chekkaga surib qoʻyib dunyoni,

Oʻgʻil boʻlib, yoningizda oʻltiray.

Gʻanimatim, omonatim – onajon.

 

2000

 

Iqbol Mirzo

Oldingi sahifaOʻzbek
Keyingi sahifaKoʻklam
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.