Onaizor

0
248
marta koʻrilgan.

Yillar yetaklashib oʻtaveradi,

Ishlarim koʻpayib borar chunonam.

Tunlar mijja qoqmay kutaveradi

Ne-ne xayollarga bormagan onam.

 

Baʼzan sim qoqadi: “Yopgandim patir,

Uyga nechchilarda qaytasan, bolam?”

Doimiy javobim: “Ishdaman, axir!”

Zardamga zardalab yurmagan onam.

 

Koʻchada hammaning koʻnglini ovlab,

Yarim tun uyimga qaytadirman ham.

Kutib olar qora qozonin kavlab

Keksalik gashtini surmagan onam.

 

Tongda otlanarman olis yurtlarga,

“Shularni yoʻlingga olib ket, bolam!”

Kissamni toʻldirar mayiz, qurtlarga,

Toshkandan naryogʻin koʻrmagan onam.

 

Xayrulla NURIDDINOV

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.